So’nggi yangiliklar

01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  1 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  0 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   9 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  12 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  2 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  6 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  7 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  20 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  7 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  390 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  50 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0 21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  1 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4

Jampaoloning 111 kuni yoxud "Milan" rahbariyati nima qilmoqchi?! Yangiliklar

Jampaoloning 111 kuni yoxud "Milan" rahbariyati nima qilmoqchi?!

"Milan" Marko Jampaoloni 111 kun ichida istefoga chiqardi.

Uning o'rniga esa uslubi va sovrinlari yo'q bo'lgan murabbiyni tayinladi. Endi Jampaolo "Milan" tarixida qoladi. U naqd 111 kun ishladi – klub mavsum boshlanishi bilan hech qachon biror murabbiyni bunchalik tez ishdan bo'shatmagan edi. Yodingizda bo'lsa, Jampaolo sabr-toqat haqida ko'p gapirib, g'oyalarini amalga oshirishi uchun unga biroz vaqt kerakligini tushuntirgandi. "Milan" rahbariyati Paolo Maldini va Zvonimir Boban bunga ishonib Markoga imkon berdilar, biroq tez orada bu fikr xato ekanini tushundilar – bunga 7ta bahs etarli bo'ldi.



Jampaolo hujumkor o'yin vada qilgandi, ammo "Milan" juda kam gol urdi

Birinchi turdan keyinoq murabbiyga nisbatan shubha paydo bo'lgandi – milanliklar "Udineze"ga 0:1 hisob bilan mag'lub bo'ldi va A Seriyaning darvozaga aniq zarba bera olmagan yagona jamoasi bo'ldi. Bu ham etmagandek, endigina elitaga qaytgan jamoalarni zo'rg'a engdi – "Breshia" va "Verona" (ikkisini ham 1:0) – ammo ketma-ket 3 bor mag'lub bo'ldi — "Inter" (0:2), "Torino" (1:2), "Fiorentina" (1:3). "Milan" 1938 yildan buyon ilk bor chempionatning dastlabki olti uchrashuvidan to'rtasida g'alabani boy berdi. "Jenoa" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) ham Jampaoloni qutqarib qololmadi – aytishlariga qaraganda, o'sha o'yindan oldin u istefoga chiqishi malum bo'lgan ekan.

"Men tomoshabinbop o'yin namoyish etishni istayman", – degandi Jampaolo iyul boshidagi matbuot anjumanida. – Biz hujum qilish, nazoratni o'z qo'limizga olishni xohlaymiz". Ammo darhol ogohlantirgan: "Bu uzoq davom etadigan jarayon. Umid qilamanki, buni uddalay olamiz. Vaqt – mening ham eng yaqin do'stim, ham eng yaqin dushmanim. Jamoa yosh, ehtimol, chempionatdagi eng yosh o'yinchilardan tashkil topgan klubdir. Futbolchilar mag'rur bo'lishi, g'alaba ularning mentalitetiga moslashishi kerak. Paolo va Zvonimir katta tajribaga ega. Ular mendan yordamini ayamaydi degan umiddaman".

Massimiliano Allegridan keyin ishlagan murabbiylar ichida Jampaoloning ko'rsatkichlari eng yomoni bo'ldi – bir o'yin uchun 1,29 ochko (Zeedorf bu borada etakchi – 1.84). Lekin bu ko'rsatkich emas – jamoa Marko bilan 7ta uchrashuv o'tkazgan, qolganlar esa (Kristian Brokki bundan mustasno) ko'proq ishlagan.

Maldini va Boban Jampaoloni murabbiy etib tayinlashlari – "Milan" rahbariyatidagi ilk va muhim qarorlari edi. Yodingizdami, "Sampdoriya"da 3 mavsum ishlagan murabbiyni kuchli mutaxassislar (Arrigo Sakki, Fabio Kapello, Massimiliano Allegri) anchagina maqtagandi... Biroq hammasi bir narsani takidlagan: darhol yaxshi natija ko'rsatishi amrimahol! Uning futbol uslubi o'ziga xos – jamoa unga o'rganishi kerak. Yozgi yig'inlarda Marko etishmadi. "Milan" noaniq taktik sxema bilan mavsumni boshladi (yo 4-3-1-2 yoki 4-3-3) va tarkibdagi o'yinchilar o'rnini doimiy ravishda almashtirib turdi.



Jampaolo hujumkor o'yin vada qilgandi, lekin "Milan" 7 o'yinda atigi 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi – chempionat to'purari CHiro Immobiledan bittiga kam. Ulardan yomon ko'rsatkichni "Verona" qayd etgan (5). Muammo vaziyatlardan foydalanishda emas, balki ularni yaratishda. "Milan" zarbalar soni bo'yicha (92) to'qqizinchi, aniq zarbalar soni bo'yicha esa (22) – oxiridan uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Suso sotilishiga qarshi chiqqan aynan Marko bo'ladi. U ispaniyalikni trekvartista sifatida ko'rayotganini takidlaydi. Bu fikrdan tez qaytishdi – sababi ispan ko'proq o'ng qanotda yaxshi o'ynayotgandi. Biroq Suso o'z poziciyasida ham mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. U "La Gazzetta dello Sport"dan biror marta ham 6.5 dan yuqori ball ololmadi: o'rtacha – 5.14. Deyarli barcha o'yinchilar past ball olgan.

Jampaolo keyinroq "Milan"ning faqat bir taymdagi o'yini unga yoqqanini tan oldi – "Torino"ga qarshi bahsning birinchi taymi ("rossoneri" 1:0 hisob bilan tanaffusga chiqishgan, ammo ikkinchi taymda 1:2 hisob bilan g'alabani boy bergan). "Fiorentina"dan uchralgan mag'lubiyatni u shunday izohlagandi: "Jamoa xuddi umuman birga mashg'ulot o'tkazmagandek taassurot uyg'otdi". Murabbiy vaziyatni to'g'rilashiga hammani ishontirmoqchi bo'ldi, ammo klub rahbariyati sabr qilish va kutishni istamadi — "Milan" CHempionlar Ligasi zonasidan atigi to'rt ochko ortda ekaniga qaramay...


Stefano Pioli "Milan", "Jenoa" va "Sampdoriya" takliflaridan birini tanladi

"Milan" Jampaoloning o'rniga Luchano Spallettini olib kelishni rejalashtirgandi. U bilan shartnoma shartlari ham kelishib olingan edi, ammo "Inter" halal berdi. Spalletti yozda istefoga chiqarilgan, ammo shartnoma muddatidan avval bekor qilingani uchun klubdan 5 million evro talab qilayotgandi. "Inter" yarim million taklif qildi va undan keyin muzokara olib bormagandilar – klub ham, murabbiy ham bo'yin egishni istamadi.



"Milan" muxlislari "ko'k-qoralar" tarixidagi ish uchun Spallettini kechirishga tayyor edilar. Luchano – natija beradigan murabbiy, uning qo'l ostida "Inter" etti yilda ilk bor CHempionlar Ligasiga chiqdi. Stefano Pioliga esa u bolaligidan beri "Inter"ga muxlislik qilishini eslatib qo'yishdi. Lekin gap faqat klubga bo'lgan qiziqishda emas – Piolining rezyumesi shundayki, uning bosh murabbiy etib tayinlanishi barchasi ideal bo'ladi degani emas. 

Stefano A Seriyaning 7ta klubida ishlagan – 5tasidan istefoga chiqarilgan. Pioli birorta ham sovrin olmagan, chempionatdagi statistikasi ham salbiy – 109 g'alaba, 89 durang, 112 mag'lubiyat. Asosiy yutug'i – "Lacio" bilan kechgan bahsdagi uchinchi o'rin. Ammo CHempionlar Ligasi saralashidan chiqib ketish o'sha g'alabani ham o'zi bilan "yuvib ketdi". 2012 yil Pioli "Bolonya" bilan to'qqizinchi o'rinni egalladi, ammo 2014 yil yanvarda o'z lavozimidan ozod etildi. O'shanda klub 18 uchrashuvda 15 ochko jamg'argandi va "Bolonya" 17 pog'onani egallagandi.

"Lacio" bilan 2015 yil CHempionlar Ligasiga chiqdi, lekin "Bayer"ga g'alabani boy berdi va mavsumni ham muvaffaqiyatsiz o'tkazdi. Piolini 2016 yil "Roma"ga qarshi derbidan keyin (1:4) bo'shatishdi. O'shanda "Lacio" o'nta turda atigi ikki bor g'alaba nashidasini quchgan va 8-o'rinni band etgandi. (chempionat davomida jamoa beshinchi o'rindan yuqoriga ko'tarilmadi va keyin 12 pog'onaga tushib ketdi).



Pioli "Inter"da Frank de Burning o'rnini egalladi (2016 yil noyabr), ajoyib boshladi (16 bahsda 12 g'alaba), klubni ECHLga olib chiqishga muvaffaq bo'ldi, ammo to'rtlikdagi o'rnini saqlab qololmadi. Uni etti g'alabasiz seriyali uchrashuvlardan keyin lavozimidan ozod etishdi – "Inter" ikki ochko to'pladi, "Sampdoriya", "Krotone", "Jenoa", "Sassuolo" kabi o'rtamiyona jamoalarga mag'lub bo'ldi va 7-o'ringa tushib ketdi.

2018/19 yilgi mavsum Pioli "Roma"ni 7:1 hisobida yanchib tashlab, "Fiorentina"ni Italiya Kubogining yarim finaliga olib chiqdi. Biroq umuman olib qaraganda, jamoa u bilan aytarli darajada yuqoriga odimlamadi. Birinchi chempionatda 8-o'rin egalladi (Paulu Souza bilan ham shu o'rin edi), ikkinchi mavsum esa florenciyaliklar o'ninchi pog'onaga tushib ketganlaridan so'ng, Stefano ishdan bo'shatildi.



Eng asosiysi – Piolaning uslubi yo'q. Maldini va Boban doimo "Milan"ning murabbiyi taniqli bo'lishi kerak deb aytishgan. Jampaolo "Empoli" va "Sampdoriya"da kutilmagan ijobiy natijalarni qayd etgandi – u "Empoli"dan ketganidan so'ng, klub elitadan tushib ketdi, "Samp" esa Eusebio Di Franchesko bilan turnir jadvalining eng so'nggi o'rinlarida bormoqda.

"La Gazzetta dello Sport" Pioli haqida yozganida, uning kuchli tomoni – jamoa bilan munosabat shhrnata olishi, aql bilan ish tutishi va muloqot qila bilish qobiliyatini etirof etgan. Arrigo Sakkining so'zlariga qaraganda, Stefano jamoalari kurashadi biroq ularga tashkiliylik va yorqinlik etishmaydi. Bundan "Lacio" mustasno bo'lgan. 2014/15 yilgi chempionatning eng samarali hujumi bo'yicha ikkinchi o'rin bo'lgan, lekin Piolidan oldin ham, undan keyin ham muntazam ijoyib natija namoyish etadigan jamoa tashkil qilishning iloji bo'lmadi. 

Pioliga "Sampdoriya" va "Jenoa" taklif bildirayotgandi, ammo "Milan" taklifi murabbiyning o'ziga ham kutilmagan voqea bo'ldi desak adashmaymiz. YO Genuya klublari shu qadar kuchayib ketdi, yoki "Milan" ularning darajasiga tushib qoldi...


#PioliOut. Tifozi yangi murabbiyga qarshi

Piolini hali bosh murabbiy etib tayinlanib ulgurmay, #PioliOut xeshtegi Italiya tvitterida birinchi, dunyo reytingida to'rtinchi o'rinda edi. Piolining Jampaolodan yaqqol ustun tomoni yo'q va bu ayniqsa muxlislarning jaxlini chiqarmoqda.



Casa Milan (klub ofisi)ga muxlis plakat ko'tarib keldi: "Boban, Massara, Maldini, Elliott, Gazidis, Skaroni: masxarabozlar klubi!!! Nariroqqa ketinglar". Ijtimoiy tarmoqlarda ham muxlislar shunga o'xshash kayfiyatda – Jampaoloning mag'lubiyatini ular birinchi navbatda rahbariyat mag'lubiyati sifatida qabul qilishmoqda.

Klubning sobiq futbolchilari ham jim turishmadi. Riki Albertozi va Filippo Galli bosh murabbiyga bu qadar tez chiqish eshigi ko'rsatilgandan hayratlanishganini takidlashdi. Demetrio Albertini esa "Milan" har yil barchasini boshidan boshlamoqda va hech nima qovushib ulgurmayapti" dedi. Mashhur karikaturachi Omar Momani chidab tura olmadi: "Men bu "Milan"dan nafratlanaman".

Curva Sud quyidagicha reakciya bildirdi: "Milanchilar bunday rahbariyat va uning tushunarsiz qarorlaridan charchashdi. Har safar vaziyat bundan yomon bo'lmaydi deyilganda, undanda yomon ishlar bo'lib ketmoqda". "Fiorentina" bilan o'yin davomida ultras stadionni "Bu klub bizga loyiq emas". Piolini shartnomasi ikki yilga mo'ljallangan. Agar "Milan" 2019/20-yilgi mavsum yakuniga ko'ra evrokuboklarga chiqolmasa, kelishuv avtomatik ravishda bekor bo'ladi. Piolining maoshi – yiliga yarim million evro. A Seriyaning to'qqiz murabbiyi undan ko'proq maosh oladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика