So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Jaloliddin Masharipov yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi

So'nggi kunlarda "Paxtakor" vingeri Jaloliddin Masharipovga oid xabarlar ko'pchilikning diqqatini tortmoqda.

Biroz avval futbolchi ayni paytda BAAning Dubay shahrida bo'lib turgani haqida malumot bergan edik.

Masharipovga Saudiya Arabistoni klubidan rasmiy taklif keldi

"Championat.asia" sayti manbalarining malum qilishicha, Masharipov 27 dekabr kuni Dubayda yangi klubiga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tgan. Dushanba kuni esa tibbiy tekshiruv natijalari ijobiy chiqqan va malumotlar xorazmlik o'yinchining bo'lajak jamoasiga yuborilgan.

O'zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisining yangi klubi Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasi bo'ladi. "Championat.asia"ga malum bo'lishicha, tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tgan Jaloliddin riyodliklar bilan 3+0.5 ko'rinishida shartnoma imzolaydi. Yani, uning kelishuvi 2023 yilning 31 dekabr kuni nihoyasiga etadi. Klubda esa o'zaro kelishuvni avtomatik tarzda yana yarim mavsumga uzaytirish imkoniyati bo'ladi. SHunda vingerimiz "Al Nassr" tarkibida 2023-2024 yilgi mavsumni to'liq tugatib qo'yishi mumkin bo'ladi.

Tomonlar o'zaro shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo'lishgan, faqatgina klublar ayrim bandlarni kelishib olishsa bo'ldi. Transfer 99 foizga amalga oshib ulgurdi, faqat so'nggi qadamlar va rasman elon qilish qolgan.

Jaloliddin Masharipov 2021 yilda legionerga aylanadimi? Uning o'zi javob berdi

Malumot uchun, ayni paytda Saudiya Arabistoni Pro ligasida 10ta tur ortda qolgan. "Al Nassr" ortda qolgan 10 o'yinda 2ta g'alaba, 2ta durang va 6ta mag'lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida 15-pog'onada bormoqda. Klub qoniqarsiz natijalar sabab 28 dekabr sanasida portugaliyalik murabbiy Rui Vitoriani istefoga chiqargan. Ayni paytda riyodliklarni vaqtincha yoshlar jamoasi ustozi Alen Xorvat boshqarib turibdi.


Eslatib o'tamiz, Jaloliddin Masharipov yakunlangan mavsum "Paxtakor" safida Superligada 23ta o'yinda ishtirok etgan va 6ta gol urib, 14ta golli pas bergan.


Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvali >>>>> Saudiya Pro ligasi

Reyting: -95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика