So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Jaloliddin Masharipov: "O'zgarishlar futbolimiz rivojiga xizmat qiladi" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "O'zgarishlar futbolimiz rivojiga xizmat qiladi"

"Paxtakor"ga ijaradan qaytgan yarim himoyachi Jaloliddin Masharipovning chempionat o'tkazilish formati va boshqa o'zgarishlar xususida fikrlaridan bahramand bo'ling.


- Yangilangan oliy liga, yani super liga haqida nima deysiz?

- 2019 yilning boshida BAAda Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi. Ayni paytdagi orzuim terma jamoa safida BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida qatnashish. Nima uchun buni aytayapman, futbolchida istaysizmi, istamaysizmi qarshisidagi raqib kuchsiz bo'lsa, unda o'yinga xohish katta bo'lmaydi. Qachon raqibingiz bir xilda kuchli bo'lsa, o'yin oldi  tayyorgarligingiz va o'sha haftada o'zingizga bo'lgan munosabatingiz boshqacharoq bo'ladi. Agar 2 davra yakunidan keyin tepadagi 6ta jamoa alohida chempionat tarzda chempionlik uchun kurashadigan bo'lsalar, so'nggi ikki yarim oyda biz umuman boshqacha futbol ko'ramiz. Har bir o'yin seni chempionligin yo'lidagi final bahsidek bo'lsa, jismoniy tayyorgarlikni ham futbolchi meyorida ushlab boradi. Menimcha, chempionatni so'nggi 10ta turi terma jamoaga kim munosib ekaniga oydinlik kiritib beradi.

- Yuqoridagi 6 jamoa mayli, quyidagilar uchun o'yinlar shunchaki bo'lib qolmaydimi?


- Nega? Hozir ko'p jamoalar mavsum boshidan bepisandlik bilan munosabatda bo'ladilar. Avvallari chempionatni kuchli o'nlikda, kuchli sakkizlikda yakunlayman degan maqsadlarni ko'p o'qirdik. Mana endi rosmana kuchli oltilik bo'ladi. U erga chiqa olmaganlar endi pastroqda chempionatda qolish uchun baxs olib boradilar. Endi kim kuchli murabbiy bo'lsa, o'shaning jamoasi yuqorida bo'ladi. Buni tan olish kerak, 2-3ta jamoani hisobga olmasangiz, deyarli barcha jamoaning kuchi teng.


- Super ligani yanada rivojlanishiga nima kerak bo'ladi deb o'ylaysiz?

- Istardim-ki, har bir o'yin CHempionlar ligasi ruhida bo'lsa. OCHL o'yinlarida maydonga tushsangiz, unga bo'lgan munosabatni o'ziga o'ynab yuborgingiz keladi. CHempionatimiz ham shunday o'tsa zo'r bo'lardi. Televidenie har bir o'yinlarimizni jonli namoyish qilsa, hech bo'lmasa chempionlik bosqichini. Hisoblasangiz bor-yo'g'i 3ta o'yin bo'ladi. O'FF translyaciya borasida ham jiddiy bosh qotirayotganini eshitib xursand bo'ldim.

O'FF prezidenti futbolchilar va jamoalarning intizomiga etibor oshirmoqda. Bu o'yin davomida o'zimizni tartibli tutishimizni taminlash uchun qaratilgan maqsad. Uchrashuvlarni o'tkazish uchun sharoitlarni yaxshilash bizga chiroyliroq o'yin ko'rsatishda yordam berishiga ishonaman.

SHuningdek, O'FF hamda PFL tomonidan ishlab chiqilgan normativlar futbolchilarning jismoniy holatlarini mavsumda yaxshi sport formasida bo'lishini taminlaydi va bu biz uchun albatta foydali. Normativlar futbolchilar uchun qiyinchilik tug'dirmaydi, shunchaki uni topshirishlari uchun, natija yaxshi bo'lishi harakat qilish kerak. Biz mavsum davomida ushbu testlardan doim o'tamiz va biz uchun normal holat. O'ylaymanki, bu biz uchun faqat foyda beradi, - deydi Masharipov.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика