Jaloliddin Masharipov: "Maqsadimiz - hamisha eng yuqorida bo'lish"
07 mar 2016 12:39
Yangiliklar


Jaloliddin Masharipov: "Maqsadimiz - hamisha eng yuqorida bo'lish"
"Paxtakor" va "Andijon" o'rtasidagi birinchi tur o'yinidan oldin yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov bahsga oid taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
- Mavsum barcha uchun qiyin kechadi. Kuchli jamoalar soni ko'payib bormoqda. Tarkibini kuchaytirgan klublarni ko'rdik. "Paxtakor"dan ko'p futbolchi ketishi va ularning o'rniga yangilar kelishi mumkin, ammo bu bizning oldimizga qo'yadigan maqsadga to'siq bo'lmaydi. Hamisha chempion bo'lishni va eng yuqorida bo'lishni xohlaymiz. "Paxtakor" doim bunga harakat qiladi. Yangi futbolchilar jamoamizga to'liq moslashib ketsa, o'yinimiz yaxshilanadi.
"Andijon" bilan uchrashuvga kelsak, o'tgan yili oxirgi tur bahsida bu jamoa darvozasini ishg'ol qilgandim. Maydonga tushsam, yana jamoam uchun foyda keltirishga intilaman. Imkon qadar to'p kiritish yoki jamoadoshlarimga gol urishga ko'maklashishni maqsad qilganman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar