Jaloliddin Masharipov: "Iroq bitta gol urib butunlay himoyaga yotib oldi. Rasmiy o'yinlarda hammasi zo'r bo'ladi"
30 mar 2021 12:00
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "Iroq bitta gol urib butunlay himoyaga yotib oldi. Rasmiy o'yinlarda hammasi zo'r bo'ladi"
O'zbekiston - Iroq (0:1) uchrashuvidan keyin terma jamoamiz azosi Jaloliddin Masharipov mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.
"O'ylashimcha bugungi o'yin muxlislarga yoqdi. Kichkina xatodan keyin gol o'tkazib yubordik. Tanaffusda ham yigitlar bilan gaplashib oldik. SHuncha hujum qilayapmiz, lekin himoyani unitish kerakmas, raqib bitta gol urib olsa himoyaga yotib oladi deb ogohlantirgandik. Iroq bitta gol urib butun jamoa bilan himoyaga yotib oldi. Imkoniyatlardan foydalana olmadik. Lekin unutmaslik kerakki bu o'rtoqlik o'yini, rasmiy o'yinlarda bugungidek kichkina xatolardan xulosa chiqaramiz va gollar ham, g'alabalar ham bo'ladi deb o'ylayman.
O'yinda qaysi futbolchi gol urishining farqi yo'q edi. Menimcha barchasi yaxshi, oldindagi uchta rasmiy o'yinda hammasi zo'r bo'ladi", - deydi Jaloliddin Masharipov.
Fikrlar