So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  7 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  10 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  11 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Jaloliddin Jumaboev: "Lokomotiv" "Paxtakor"dan qo'rqib o'ynagani yo'q" Yangiliklar

Jaloliddin Jumaboev: "Lokomotiv" "Paxtakor"dan qo'rqib o'ynagani yo'q"

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Superliganing 12-turida poytaxt derbisida "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi.

SHu tariqa birinchi davrani mag'lubiyat bilan yakunlagan "temiryo'lchilar" tanaffusga yo'l olishdi. Mavsum boshida tarkibga bir qator mahoratli futbolchilarni  va portugaliyalik murabbiyni jalb  qilgan "Lokomotiv"ning qayd etayotgan natijalarini qoniqarli, deb bo'lmaydi. Jamoa 12-turdan so'ng turnir jadvalida  15 ochko to'plagan holda to'qqizinchi o'rinda bormoqda. CHempionlik uchun kurashishi kutilgan klubning bunday natijalari ko'pchilikni ajablantirayotgani tabiiy. Mikael Sekeyra tajribali futbolchilar xizmatidan foydalanish bilan bir qatorda, yoshlarga ham ishonch bildirmoqda. Ulardan biri Jaloliddin Jumaboevdir. O'tgan mavsum bosh jamoada o'zini ko'satishni boshlagan futbolchi bu yil ham asosiy tarkibga kirish uchun raqobtlashmoqda. "Paxtakor" bilan o'yindan so'ng Jumaboev shu va boshqa mavzular hususida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

   "Paxtakor" bilan kechgan derbi haqida

Ikki jamoa ham g'alaba uchun harakat qilgani yaqqol ko'rindi. Fikrimcha yaxshi o'yin o'tkazdik. Lekin yakuniy natija bunday bo'lmadi. O'z xatolarimiz evaziga darvozamizdan ikkita to'p olib chiqdik. Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik. So'nggi soniyalarda etiborsizlik oqibatida raqib bizga gol urdi. 

   "Lokomotiv" "Paxtakor"dan qo'rqib o'ynadimi?

Garchi beshta himoyachi bilan maydonga tushgan bo'lsakda, bu raqibdan qo'rqqanimizni anglatmaydi. Qanotlardagi ikkita himoyachimiz yarim himoyachi vazifasini ham bajarishdi va hujumlarga tez-tez qo'shilishdi. Maydonda hamma bor kuchi bilan harakat qildi. 

         
   Birinchi davradagi muvaffaqiyatsizlik va yangi murabbiyning uslubiga moslashish

Birinchi davrani bunday natija bilan yakunlaganimizdan xursand emasman. Biz bundan ham yaxshiroq ko'rsatkich qayd eta olamiz. Qaysidir manoda portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyraning uslubiga va falsafasiga moslashish jarayonini o'tkazdik, deya olaman. Yangi murabbiy, yangi futbolchilarning bir-birini tushunib olishi uchun vaqt kerak bo'ldi. O'ylaymanki, ikkinchi davrada ijobiy natijalar bilan muxlislarni xursand qila olamiz. 

   Mikael Sekeyra qanday yangilik bera oldi?

-  Murabbiy o'zining evropacha qarashlarini olib kirmoqda. Agarda biz shuni maksimal darajada o'zlashtirsak hammasi yaxshi bo'ladi. Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Mikael Sekeyrada ham shunday.


  Kuchli futbolchilar bilan raqobatgan tayyormi?

Jamoaga yangi futbolchilar kelishi haqida eshitganim yo'q.Raqobatga hamisha tayyorman. Sog'lom raqobat bor joyda o'sish va rivojlanish bo'ladi. Tajribali futbolchilardan o'zim uchun foydali tomonlarini o'zlashtirishga harakat qilaman. Ko'proq o'rganishga intilmoqdaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика