So’nggi yangiliklar

02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  3 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38

Jahongir Usmonovni tabriklaymiz! Yangiliklar

Jahongir Usmonovni tabriklaymiz!

Usmonov Jahongir Mirabrorovich bugun 52 yoshni qarshi oldi.

SHu munosabat bilan saytimiz xodimlari nomidan mamlakatimizda futzalga poydevor qo'ygan Jahongir Usmonovga uzoq umr, sihat-salomatlik, kuch-quvvat tilab qolamiz.

Jahongir Mirabrorovich Usmonov 1968 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. Malumoti oliy. U Toshkent irrigaciya va qishloq xo'jaligini mexanizaciyalash muhandislari instituti hamda Avstraliya biznes kollejini tamomlagan.  

Mamlakatimizda futzalning rivojiga katta hissa qo'shgan Jahongir Usmonovni alohida etirof etgan bo'lardik. Jahongir Usmonov sobiq O'zbekiston futzal Associaciyasiga 2006 yil vice-prezident etib tayinlangan va 2018 yilga qadar shu lavozimda faoliyat yuritib kelgan edi. Bundan tashqari, u "Ardus" jamoasi prezidenti hisoblanardi.



Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 2006 yildan beri Osiyo chempionatlarida 3 bor kumush medalni va 2 marotaba bronza medalni qo'lga kiritdi. Toshkent esa 3 marotaba qita birinchiligiga mezbonlik qildi. Ayniqsa, 2016 yil poytaxtimizda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati haligacha ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Ana shu musobaqada ayniqsa muxlislar butun OFKni lol qoldirishdi. Osiyo chempionatining o'tkazilishiga ham yuqori baho berildi, birinchi o'yindan to so'nggi final bellashuviga qadar barchamizni birdek his-hayajonda ushlab turdi. Ana shu musobaqada terma jamoamiz o'z tarixida birinchi marotaba Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi va Kolumbiya mezbonlik qilgan mundialda ishtirok etib qaytdi. Garchi, terma jamoamiz Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmagan bo'lsada, ularning o'yini muxlislarda iliq taassurot qoldirdi.

Uch yil oldin futzal terma jamoamiz Turkmaniston poytaxti Ashxoboddan kumush medallar bilan qaytishdi. SHu kungacha O'zbekiston Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida 3 marotaba bronza medalini qo'lga kiritgan, lekin finalga chiqmagan edi. Demak, bu borada "Ashxobod-2017"dagi final oldinga yana bir qadam tashlanganini anglatadi.

Bir so'z bilan aytganda, yuqoridagi yutuqlarda Jahongir Usmonovning hissasi juda katta bo'lgan. Jahongir Usmonov sport sohasida erishgan yutuqlari uchun «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.


O'tgan yil iyun oyida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida bo'lib o'tgan «Ezgu maqsad» xayriya jamoat fondi Vasiylar kengashi azolari ishtirokidagi yig'ilishda fondga Jahongir Usmonov boshqaruv raisi etib tayinlangan edi.

2019 yil sentyabr oyida Osiyo futbol Konfederaciyasi Futzal hamda sohil futboli bo'yicha qo'mita azolari tarkibini tasdiqladi. Unga ko'ra, hamyurtimiz Jahongir Usmonov OFKning Futzal hamda sohil futboli bo'yicha qo'mitasi azolari qatoridan o'rin oldi. Mazkur qo'mitaning yangi tarkibi 2019-2023 yillar mobaynida qitamizda futzal hamda sohil futbolining rivoji yo'lida faoliyat olib borishi belgilab qo'yildi.


O'zbekistonda futzalni rivojlantirishga qo'shib kelayotgan ulkan hissasi uchun Jahongir Usmonovga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Tug'ilgan kun muborak bo'lsin, Jahongir Mirabrorovich!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика