So’nggi yangiliklar

16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  16 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  5 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9

Jahongir Mehmonov: "Neftchi"ga qarshi o'ynash men uchun oson emas" Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: "Neftchi"ga qarshi o'ynash men uchun oson emas"

"Neftchi" xamda "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi bahsdan avval namanganliklar himoyachisi Jahongir Mehmonov o'yin haqida fikr bildirdi.
- Asli namanganlik bo'lsamda, Farg'ona men uchun ikkinchi uyim, qadrdon maskanimga aylanib qolgan. "Neftchi"dek qadrdon jamoaga qarshi, farg'onalik ishqibozlar ko'z o'ngida o'ynash men uchun oson emas. "Neftchi" muxlislariga xurmatim cheksiz. "Neftchi" klubidagi faoliyatim davomida jamoa murabbiylaridan tortib xodimlarigacha yaxshi munosabatda edim.

Farg'ona jamoasidan ketgan bo'lsamda, klub qayd etayotgan natijalarga befarq emasman. Albatta "Neftchi"ning bu yilgi ko'rsatkichlari muxlislarni ranjitishi tabiiy hol. Biroq bu vaziyatni vaqtincha deb bilaman. Hali "Neftchi" o'z so'zini aytadi. Derbiga keladigan bo'lsak, bu futbol! Yashil maydonda xar qanday voqea kuzatilishi mumkin. Xar bir professional futbolchi kabi men ham o'yin kuni o'z jamoam natijasi uchun kurashaman. "Neftchi"ni ham "Navbahor"ni ham faqat g'alaba qoniqtiradi. Ishqibozlarni qiziqarli derbi kutyapti. Natija borasida oldindan nimadir deyish qiyin, - deydi Mehmonov

"Neftchi" matbuot kotibi Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика