So’nggi yangiliklar

16:05Олег Зотеев: "Иложи борича тезроқ қайтиб, "Андижон"га ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 15:40Маркиньос биринчи марта EЧЛда ғолиб чиқди ва элит рўйхатдан жой олди. Унда атиги 15 футболчи бор.  0 15:15Қосимовдан Денисовгача: Россияда зафар қучган ўзбекистонлик футболчилар қаторига Файзуллаев ҳам қўшилди  2 14:34БАА кундалиги: Шаржада "йўқотилган" вақт  5 14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  7 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   2 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  8 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  3 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  16 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  16 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  6 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4

Jahongir Mehmonov: "Avvalgi o'yinlarga qaraganda mazmunliroq harakat qildik" Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: "Avvalgi o'yinlarga qaraganda mazmunliroq harakat qildik"

Termizning "Surxon" jamoasi Coca Cola Superliga 8-turi doirasida Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'ldi.

Tengma-teng kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda mehmonlar ortga 1:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytishga majbur bo'lishdi. Ushbu bellashuvdan so'ng "Surxon" jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan Jahongir Mehmonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Lokomotiv" bilan o'yin oson o'tmasligini bilardik. Lekin, ularga qarshi avvalgi uchrashuvlarga qaraganda mazmunliroq harakat qildik deb o'ylayman. Mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda o'yin jihatdan harakatlarimiz biroz qovushdi. Jamoamizda tajribali va yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Ikki kun ichida Ravshan Haydarovdan nimadir oldik. Muhimi kerakli so'zni topib ayta oldilar. Oldingi turlarda nimadir etishmayotgandi. O'sha etishmayotgan narsani murabbiyimiz Ravshan Haydarov topdi.

O'ylashimcha, "Lokomotiv" jamoasida tajribali futbolchilar oldingiga qaraganda kamaygan. Ularning o'rnini yosh iqtidorli futbolchilar egallagan. Yoshlarga ham qachondir imkoniyat berish kerak. SHuningdek, jamoani malakali murabbiy Andrey Fyodorov boshqarmoqda. Mag'lubiyatga uchradik. Hayot davom etadi. Nasib qilsa keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz",- deydi Jahongir Mehmonov. 


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика