So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  20 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  3 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

Jahongir Jiyamurodovdan xayrli ish Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodovdan xayrli ish

Yaqin o'tmishning nomdor futbolchilaridan biri Jahongir Jiyamurodov faoliyati davomida orttirgan jarohatlari evaziga malum muddat "kichik tanaffus"ga chiqqan.

U bo'sh vaqtini bekorga o'tkazmayapti. Ayni paytda xayrli ishlarga qo'l urgan. J.Jiyamurodov o'zi tug'ilib o'sgan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi Birlashgan mahalla fuqarolar yig'ini hududida suniy qoplamali mo'jazgina futbol maydonini barpo etgan. Takidlash joizki, har kuni mazkur o'yingoh havaskor futbolchilar bilan band bo'ladi. Jahongir Jiyamurodov tashabbusi bilan "9 may – Xotira va qadrlash kuni" bayramini munosib kutib olish maqsadida bu erda futbol turniri bo'lib o'tdi. Unda 2006-2007 yilda tug'ilgan o'smirlardan iborat 10ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib borishdi.  Barcha uchrashuvlarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan Ipakchilik mahallasi jamoasi (murabbiy – Umid Mamarahimov) bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. Qolgan sovrinli o'rinlar – Bahor va Yangi hayot jamoalariga nasib etdi. Musobaqaga taklif etilgan mehnat faxriylari, ikkinchi jahon urushi front-orti faxriylari, afg'on urushi qatnashchilari, mahalla faollari g'olib va sovrindorlarni munosib qutlashdi. 

– Guvohi bo'lganingizdek, hamma o'yinlar juda keskin va murosasiz tarzda o'tdi. Jamoalar safida bir qator iqtidor egalari borligi kuzatildi. Bularga har tomonlama qo'llab-quvvatlashimiz, futbol bilan shug'ullanishlari uchun imkon qadar zarur shart-sharoitlar yaratib berishimiz kerak. O'ylaymanki, mazkur turnir ananaviy bo'lib qoladi. Kelgusida qo'shni viloyatlardan ham jamoalar taklif qilishni rejalashtirganmiz. Asosiy maqsad – yangi nomlarni izlab topish va kashf etishdan iborat, - dedi biz bilan suhbatda J.Jiyamurodov.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика