Jahongir Abdumo'minov OCHL-2021'da qatnashadigan jamoa safiga borib qo'shildi
02 fev 2021 21:50
Yangiliklar


Jahongir Abdumo'minov OCHL-2021'da qatnashadigan jamoa safiga borib qo'shildi
“Lokomotiv” (Toshkent)ni erkin agent sifatida tark etgan Jahongir Abdumo'minov faoliyatini Vetnamda davom ettiradi.
U o'tgan mavsum chempioni Xanoyning "Viettel" jamoasi azosiga aylandi. Malumotlarga ko'ra, u xanoyliklar bilan bir yillik shartnoma tuzgan.
Mazkur klub OCHL-2021 “F” guruhidan joy olgan bo'lib, uning raqiblari “Bi Ji Patxum Yunayted” (Tailand), “Ulsan Xyonde” (J.Koreya) va pley-off bahsi g'olibi bo'ladi.
Malumot o'rnida 27 yoshli yarim himoyachi “temiryo'lchilar”dan tashqari, “Mashal”, AGMK, “Metallurg, “So'g'diyona”, “Istiqlol” (Tojikiston), “Persiya Jakarta” (Indoneziya), “Andijon”, “Buxoro” kabi klublar sharafini himoya etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar