Jahongir Abdumo'minov "Buxoro"ni tark etdi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2019, 18:43
Bir necha yildan beri oliy liga klublarida to'p tepib kelayotgan Jahongir Abdumo'minov "Buxoro" klubi bilan xayrlashdi.

Bu xabarni futbolchining o'zi ham saytimizga tasdiqladi. Ma'lum bo'lishicha, yarim himoyachi bazi masalalar bo'yicha klub rahbariyati bilan kelisha olmagan. 

Shunday qilib Abdumo'minov erkin agentga aylandi va endilikda o'ziga boshqa jamoa qidiradi. Uning yana Indoneziya chempionatiga yo'l olishi ehtimoli ham yo'q emas. Ushbu futbolchi Indoneziyaning "Persiya Jakarta" klubida to'p tepgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia