"Andijon" mashg'ulotlariga Jahongir Abdumo'minov qo'shildi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2020, 14:56
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkent shahrida olib borayotgan Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi “Andijon” jamoasi bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqda.

Kecha jamoa mashg'ulotlariga “Mashal”, “AGMK”, “Metallurg”, “So'g'diyona” jamoalaridagi o'yinlari bilan bizga yaxshi tanish bo'lgan Jahongir Abdumo'minov kelib qo'shildi.

Abdumo'minov o'tgan mavsumda “Buxoro” jamoasida harakat qilib, 9 ta uchrashuvda 720 daqiqa maydonda harakat qilgan. Jahongir Abdumo'minov hozircha jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати