Jahon Kubogi O'zbekistonga etib keldi
05 iyu 2022 19:24
Yangiliklar
Jahon Kubogi O'zbekistonga etib keldi
O'zbekiston 2022 yilgi Mundial oldidan JCH Kubogi sayohat qiladigan dunyoning 51 mamlakatlaridan biri hisoblanadi.
Bir necha daqiqa oldin kubok ortilgan reys Beyrutdan Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov va O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov aeroportda hozir bo'ldi.
Ertangi Kubok taqdimotida Jahon chempionlari Kristian Karambyo va Karles Puyol ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Malumot o'rnida, O'zbekiston – JCH Kubogini o'zida qabul qiladigan yagona MDH mamlakati.
Fikrlar