So’nggi yangiliklar

21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  38 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4

Jahon chempionati saralashidan o'rin olgan Braziliya - Argentina uchrashuvi bekor qilindi Yangiliklar

Jahon chempionati saralashidan o'rin olgan Braziliya - Argentina uchrashuvi bekor qilindi

Janubiy Amerikaning ikki mamlakat futbol associaciyasi seshanba kuni Braziliya va Argentina o'rtasidagi o'tgan yili bekor qilingan Jahon chempionati saralash o'yini qayta o'tkazilmasligini malum qildi.

Eslatib o'tamiz, 2021 yilda o'tkazilgan JCH-2022 saralashi doirasidagi Braziliya — Argentina o'yini Soqliqni saqlash agentligi (Anvisa) va policiya vakillarining stadionda bo'lishi tufayli 7-daqiqada to'xtatilgandi. 

Sabab shuki, Braziliyadagi karantin talablariga ko'ra, Buyuk Britaniyadan kelganlar 14 kun karantinda bo'lishi kerak edi. Ammo mehmonlarning APLda o'ynovchi 4 o'yinchisi qaydnomaga kiritilgan va ulardan 3 nafari — Emiliano Martines, Kristian Romero hamda Jovanni Lo CHelso maydonga tushgandi, Emiliano Buendia esa zaxirada qoldirilgandi.

Natijada Braziliya policiyasi o'yin vaqtida stadionga tushib kelib, 4 nafar argentinalik futbolchini maydondan olib chiqib ketishga uringan, oqibatda Argentina milliy jamoasining boshqa futbolchilari ham maydonni tark etishgandi.

Har ikki davlat ham Janubiy Amerika saralash guruhidan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Agar o'yin qayta o'tkaziladigan taqdirda ham natija hech narsaga tasir qilmaydi, yani Braziliya guruhda birinchi, Argentina esa ikkinchi o'rinda qoladi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика