So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Jahldor Gattuzoning siz bilmagan jihatlari Yangiliklar

Jahldor Gattuzoning siz bilmagan jihatlari

Kam taminlangan oila farzandlariga yordam beradigan sodda, kamtarin hamda turmush o'rtog'i "muloyim mushukcha" deb chaqiradigan inson haqida.

“Milan” mashg'uloti. Gattuzo har tong Zlatan Ibragimovichni jig'iga tegardi, lekin shved barchasiga chidar edi. Ammo bir kuni tunda Rinoni “qasos” kutib turgandi: Zlatan kiyinish xonasida uni oyoqlaridan ushlab aylantirdi. Natijada, Rino axlat idishga boshi bilan yiqilib tushdi. “Milan” sobiq himoyachisi Tiago Silva shunday yodga oladi: “Bu ajoyib bo'lgandi. SHu voqeani eslab, o'zi ham bir hafta kulganmiz”.

Milan klubi hamda Italiya termasi o'yinchilariga Jennaroning qiliqlari biroz ahmoqona ko'rinardi. Ular uchun Rino — istalgan vaqtda xazillashish mumkin bo'lgan, atrofdagilarga xursandchilik ulashadigan inson edi. Hammasidan ham ko'proq Andrea Pirlo u bilan ko'proq hazillashardi. Pirlo sherigi Daniele De Rossi bilan Gattuzoning xonasiga yashirinib olishadi: biri shkafga, ikkinchisi krovat tagiga bekindi. Rino xonaga kirganida ular baqirib, uni qo'rqitib yuborishdi. Natijada italiyalik ularni tepib haydadi. Eng yomoni — bu ikkisi bir safar o't o'chirish vositasi bilan Gattuzoni “cho'miltirishgan” va arang qochib qutilishgan. Rino bundan achchiqlanib, haligacha shunday deydi: “Agar yuzlariga shapaloq tushurganim uchun, har biri uchun bir centdan to'lashganida, hozir million evrodan ko'proq pul yig'ib qo'ygan bo'lardim”.

Urib, tepib haydash — Rino qilgan eng qo'rqinchli ishlar emas. Italiyalik so'zni noto'g'ri ishlatganida uni mazax qilishardi. Bu ko'p marotaba sodir bo'lgan. SHunda Gattuzo vilkani olib, ularning oyoqlariga sanchib olardi. Natijada o'sha o'yinchilar bahsni bir necha marta o'tkazib yuborishgan. Ammo shunga qaramay, jamoadoshlarining ustidan kulishdan to'xtashmagan. Muxlislar futbolchi-Gattuzoni aynan shunday holda eslab qolishgan: jaxldor, raqiblariga qo'pol munosabatda bo'ladigan o'yinchi. 6 yil avval u murabbiy bo'ldi, biroq hali ham hakamlarga do'q-po'pisa qiladi, o'yinchilarga baqiradi, hattoki ularni bir nechta bahsdan chetlashtirib ham yuborgan.

Pirlo avtobiografiyasidan muhim eslatma: “U atrofdagi hamma narsani buzib tashlardi, ammo jahli chiqqan payt ham mehribon edi”. Jahldor hamda qo'pol Gattuzoning ichida aslida sodda va mehribon inson yashiringandi. Uni hech kim bunday ko'rishga o'rganmagan. Ammo bu — muhim.

Gattuzo ona yurtiga yordam beradi. U erda sport makrazi hamda maktabini tashkil qilgan 

Jennaro Italiyaning janubida joylashgan Kalabriya viloyatida tug'ilgan. U “Peruja” maktabida tahsil oldi. Keyin esa yarim yilga SHotlandiyaga ketdi. U “Reyndjers”da o'zini erkin his qildi: “Ilk bor “Aybroks” stadioniga borganida, meni oddiy italiyalik sifatida qabul qilishdi”. U erda men o'zimni xuddi shotlandiyalikdek juda erkin his qildim”. Ammo Rino vatanini hecham unutmaydi. Ota-onasi hamon o'sha erda yashaydi. Janubiy Kalabriyadagi aholi Italiya shimolida istiqomat qiladiganlarga qaraganda ancha qashshoq. SHimolliklar qo'shnilarini — “terron” (italyanchadan “terra” – “er”. XX asr o'rtalarida o'qimagan, oddiy ishchilarni shunday chaqirishgan) deb atashadi. 


“Men terronman va bundan faxrlanaman. Terron bo'lish, chuqur ildizga ega ananalarimizni hurmat qilish men uchun sharaf. SHu sababli ham, bobomning ismini o'g'limga qo'yganman”, — deydi Gattuzo. Rino “Milan” bilan 2 marta ECHL g'olibi bo'lgan va A Seriyada o'ynab, Italiya shimolining afsonasiga aylandi. Ammo kindik qoni to'kilgan maskanga yordam berishdan to'xtagani yo'q. Gattuzo “Forza Ragazzi” (italyanchadan — “Olg'a, yigitlar”) fondini tashkil qildi. Bu sport markaziga homiylik qildi va 150ta bolaga bepul talim olish imkonini berdi. Uning bitta shiori bor — “Men kabi omadli yigitlar uchun emas”. Rino kam taminlanlangan oila farzandlari, futbolga qiziqishi yuqori bo'lgan bolalarga bu imkonni taqdim etdi. “Viloyatim uchun nima qilishim mumkinligi haqida uzoq o'yladim. Hayot menga ko'p narsa berdi. Men omadi yurishmagan bolalarga yordam berishga tayyorman. Qiyin ahvolda yashaydigan, jiddiy muammolari bor oila farzandlari tun-u kun hayolimda”, — tushuntiradi Gattuzo. 

Maktab va markazni taminlash uchun mablag'ni u “In Rino Veritas” nomli kitobini sotish orqali topadi. Gattuzo bu ish uchun 20 ming evro sarfladi. Fond ochilganidan keyin esa yarim million yig'di, xolos. Sport markazida suniy stadion bor, bolalar bilan esa “Milan”ning faxriy o'yinchilari shug'ullanadi. SHuningdek, professional shifokor va psixologlar ham bor. Gattuzoning asosiy rejasi — butun Italiya bo'ylab shunday maktablar ochish. Unga moliyaviy tarafdan Kristian Abbyati, Kristian Brokki va Kristian Veri yordam beradi.

Gattuzo kostyum o'rniga doim sport kiyimlari kiyib yuradi

Rino “Glazgo”ga ilk bor kelganida, jamoada shunday qonun bor: o'yinchilar mashg'ulotga kostyum-shim kiyib, galstuk taqqan holda kelishlari shart edi (bu 50-yillardan beri ananaga aylangan). Yosh Jennaro dam olish kunlari ham sport uslubida kiyingan va stilini o'zgartirishni hayoliga ham keltirmagan.

Pol Gaskoyn (ha, o'sha siz bilan mashhur o'yinchi) Gattuzoni eng yaxshi tikuvchilar yoniga olib bordi va 7-8ta kostyum tanlashini aytdi. Gaskoyn klub va tikuvchilar o'rtasida shartnoma tuzilgani hamda o'yinchilar istaganicha kostyum tanlab olishlari mumkin deb uni ishontirdi. Rino tanlagan ko'ylak, galstuk va kostyum 10 ming funt bo'ldi. Keyinchalik aniq bo'lishicha, hech qanday shartnoma tuzilmagan ekan: Rino “Glazgo” klubi buyurgan tartibda kiyinishi uchun Gaskoyn o'z maoshidan to'lagan ekan. Rino bundan boshi osmonga etdi. Italiyalikning yana bir ajoyib hislati u hech qachon hashamatga berilmas edi: “Menga doim oddiylik yoqqan. Oddiy narsalar o'zimni baxtiyor his qilishim uchun etarlidir”, — deydi Jennaro.

Gattuzo tanimagan insonlari bilan tungacha konyak ichishi hamda birovning hisobini to'lab yuborishi ham mumkin

“Match TV” sharhlovchisi Nobel Arustamyan futbol olamidagi ko'plab yulduzlar bilan yaxshi munosabatda, Gattuzo ham ular qatorida. Aynan Nobel italiyalik haqida bir voqeani so'zlab bergan. Rossiya termasi Italiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi. Uchrashuvdan so'ng Gattuzo Erevandagi barda yig'ilganlar bilan tungi soat 3gacha konyak ichdi: “Bir do'stim va Gattuzo bilan qimmat restoranda tanavvul qildik. CHiqishda Rino hamma uchun pul to'lab, hisobni yopdi. Ular bir-birlariga telefon raqamlarini berdilar. Ketar chog'i Jennaro shunday dedi: “Kapriga borsang, shu restoranga kirgin”.

O'sha yigit oilasi bilan tatil payti shaharga sayohat qildi. Rino aytgan restoranga kirdi va unga shunday xabar yozdi: “Jennaro, men shu erdaman!”. Ikki soatdan so'ng, hisobni to'lash kerak bo'lgan payt, u oficiantdan chekni olib kelishini so'radi. Ammo shu javobni eshitdi: “Yo'q, janob Gattuzo hammasini to'lab yubordi”. 

Kanadada Gattuzo sharafiga bayram o'tkazishdi. Yo'g'e, rostanmi?!

Ha, u shunday nomlanadi — “Gattuzo kuni”. Bayram 2007 yil, Jennaro fond azolari bilan Kanadaning Oshava shahri Ontario provinciyasiga kelgan kuni tashkil qilingan. U erda istiqomat qiladigan italiyaliklar Gattuzoning kelishini qadrlab, uning sharafiga bayram elon qilishdi. Bayram 25 iyun kuni nishonlanadi. “Men bunday narsani ochig'i, kutmagandim. Bundan juda ham mamnunman”, — takidlaydi Gattuzo.

Gattuzo — barcha narsa bir-biriga bog'liq deb hisoblaydigan insonlar toifasiga kiradi

Gattuzo JCH-2006da bir xil kiyim kiyib yurgan, hattoki havo juda issiq bo'lsa ham. Andrea Pirlo avtobiografiyasida yodga oladi: “Ko'chada 40 gradus issiq, Jennaro esa xuddi g'avvoslarga o'xshab kiyinib olgan. Tahminan, chorak final payti undan “ajoyib” hid kela boshlagan. O'sha erda uni o't o'chirish vositasiga emas, havo xushbo'ylantiruvchi spreyiga cho'miltirishni o'ylagandik”.

Gattuzo hashamatni yoqtirmaydi va hamma barobar deb hisoblaydi

Monika — SHotlandiy fuqarosi bo'lgan italiyalik. U Glazgoda — otasining restoranida — Rino bilan tanishgan. Monika — Rinoni to'g'ri yo'lga yo'naltiradigan "boshqaruv pulti" edi. Jennaro SHotlandiyadan Italiyaga qaytishni xohladi, lekin ayolining o'qishini o'yladi. Ammo Monika erining karerasi va yurtiga borishni istayotgani uchun universitetni tashlab ketdi. Monika o'zini "yovvoyi mushuk", Rinoni esa "muloyim mushukcha" deb ataydi. Gattuzo turmush o'rtog'i pishirgan taomlarni yoqtiradi, fast fudni esa aksincha. Futbolchilik payti to'g'ri ovqatlanishga amal qiladi: qaynatilgan tovuq va guruch eb, spirtli ichimliklar umuman istemol qilmasdi. U hozirda Monika tayyorlab beradigan tiramisu shirinligini juda ham yaxshi ko'radi.

Rino va Monikaning ikki farzandi bor (o'g'il — Franchesko va qiz — Gabriella). Ular nafaqat er-xotin, balki eng yaqin do'stlardir. Gattuzo ECHL-2005 finalidan oldin shunday deb hazillashgan: “Agar u “Liverpul”ga muxlislik qilganida, uni uydan haydab yuborgan bo'lardim”. Monika — shotlandka, qanday qilib ularni qo'llab-quvvatlashi mumkin?! U SHotlandiya jamoalariga muxlislik qiladi.

Gattuzo — oilaparvar inson. U dengiz qirg'oqlarida dam olib yotishdan ko'ra, kechasi oilasi, do'stlari yoki kuchugi bilan vaqtni maroqli o'tkazishni afzal ko'radi: “Tungi hayot va oilaviy tushlik. Men tunda do'stlarim bilan ko'p bor pivoxo'rlik qilaman. Agar bo'shagan shishalarni yig'sam, ajoyib kollekciya bo'lardi”, — kuladi Gattuzo. Italiyalik manmanlikdan ancha yiroq. “Bu dunyo o'tkinchi va o'lim qarshisida hamma barobar. Kamtarlik, ayniqsa hozirgi zamonda, insonning eng muhim hislatlaridan biridir. Men qimmat avtomobil, hashamatli uylar ishqibozi emasman. Bugun ikra, ertaga bo'lka non egandan ko'ra, har kuni mazali pasta eyishni afzal ko'raman”, — deydi Jennaro Gattuzo.

Zo'r bo'lish - oddiy hol, shunchaki oddiy bo'lish - zo'r!

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика