Flik mavsum yakunida "Barselona"ni tark etishi mumkin
08 fev 17:52
Yangiliklar
Flik mavsum yakunida "Barselona"ni tark etishi mumkin
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mavsum yakunlangach, klubni tark etishi mumkin.
Qaror 15 mart kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari natijasiga bog'liq bo'ladi.
Germaniyalik mutaxassis o'zini amaldagi prezident Joan Laporta jamoasining bir qismi deb hisoblaydi. Flik Laporta qayta saylangan taqdirdagina yangi shartnoma imzolashga tayyor. 1 iyulgacha esa bitimni uzaytirish bo'yicha hech qanday chora ko'rilmaydi.
Qayd etilishicha, prezidentlikka nomzodlardan biri Viktor Font saylovlarda g'alaba qozongan taqdirda Flikni klubda saqlab qolish istagini bildirgan.
Flik "Barselona"ni 2024 yilning may oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostidagi birinchi mavsumda jamoa Ispaniya chempionati, kubogi va Superkubogida g'olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar