So’nggi yangiliklar

01:57Роналду "Ал Насср"ни Қирол кубоги финалига олиб чиқди. Финалдаги рақиб - "Ал Ҳилол"  1 01:38Арне Слотнинг "Ливерпул"даги илк трансфери ким бўлиши маълум  0 00:45ЕЧЛ. "Боруссия Д" ярим финалнинг дастлабки баҳсида ПСЖни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  17 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  0 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  1 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  3 23:32Лунин "Реал Мадрид" билан узоқ муддатли янги шартнома имзолайди  0 22:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Хурсандчилик ўтиб кетди. Ҳозир финалга тайёргарлик кўряпмиз"  11 22:30U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  12 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  4 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   2 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  3 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2

Jafar Irismetov: "O'zbekiston hujumchisiz o'ynaydigan eski "Barselona" emas. Bu eng kuchli tarkibimiz" Yangiliklar

Jafar Irismetov: "O'zbekiston hujumchisiz o'ynaydigan eski "Barselona" emas. Bu eng kuchli tarkibimiz"

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichida ikkinchi o'rin bilan nimchorak finalga yo'llanma oldi. Avstraliya bilan durang "oq bo'rilar" uchun keyingi bosqich eshiklarini ochdi.

Kvartetdagi 3ta raqib bilan o'yin o'zbek futboli ommasida turlicha taassurot qoldirdi. Suriya bilan durangdan so'ng xavotirlar uyg'ongan bo'lsa, Hindiston ustidan g'alaba to'liq xulosa bermasdi. Avstraliyaga qarshi kechgan o'yinda mag'lubiyatni durangga aylantirilgani va keyingi bosqich yo'llanmasi ko'nglimizga iliqlik olib kirdi, deya olamiz. Xo'sh, bu borada O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Jafar Irismetov nima deydi?

- Osiyo Kubogidan oldin guruhdan Avstraliya va O'zbekiston chiqishini taxmin qilgan edim. Aniqrog'i 1, 2-o'rin uchun shu ikki terma jamoa kurashishi malum bo'lgandi. Guruhdagi o'yinlarga to'xtaladigan bo'lsak, Suriya bilan ehtiyotkor taktika tanlandi. Natija barchaga malum. Hindiston O'zbekiston uchun kuchli raqib emasdi. SHu kuni tarkib ham yaxshi ko'rinish oldi. Hujumda Igor Sergeev harakat qildi. Abbosbek Fayzullaevning tushishi o'yinni kuchaytirdi. To'g'risini aytsam, Avstraliya bilan o'yinda futbolchilarimizda biroz qo'rquv hissi ko'rindi. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz desam, Avstraliya bilan bahs men kutgandek ko'rinish olmadi. O'yindan oldin to'p nazorati bizda bo'lishini aytgandim. Umid qilamanki, O'zbekiston terma jamoasi yana kuchayadi. Keyingi bosqichda Tailand yoki O'mon tushishi mumkin. Bu raqiblar bilan yaxshiroq o'yin ko'rsatishimizga ishonaman. Jarohatlar ham murabbiyning rejalariga tasir qilayotganini ham takidlab o'tish kerak. Har o'yindan oldin yo'qotishlar bo'lyapti. 


- Hujumchisiz o'yinni boshlash haqida fikr bildirsam, baribir nominal hujumchi bo'lgani yaxshi. Turlicha eksperimentlar, deylik Abbosbek Fayzullaevning hujumga qo'yilishi noto'g'ri bo'ldi. SHomurodovning yo'qligini Katanec bilar edi. Asosiy tarkibga ko'proq munosibi Igor Sergeev edi. O'zingiz ham guvoh bo'lganingizdek, birinchi o'yinda Oston, kecha esa Abbos yo'qolib qoldi. Ular sof hujumchi bo'lmagani uchun qiynaldi. Bu bilan biz o'z-o'zidan 2ta joyni yo'qotyapmiz. Ular hujumda ham o'ynay olmayapti va o'z poziciyasida ham kuchli tarafini ko'rsatishi murakkab kechdi. Avstraliya bilan bahsda Abbosning o'yini chiqmagani ham shu holat bilan bog'liq. Hujumchi baribir boshqacha. O'zbekiston eski hujumchisiz o'ynaydigan eski "Barselona" emas-ku? Boz ustiga uslubimiz umuman boshqacha. 3ta hujumchidan nahotki 1tasini asosiy tarkibga qo'yishning imkoni bo'lmasa? Bu albatta mening fikrim. Katanecning o'z fikri va qarashlari bor, futbolchilarga ko'proq u yaqinroq. Bu bizning xolis fikrimiz. 

- Murabbiylarni tarkib tanlay olmayapti, demagan bo'lardim. Qanday tarkib tushirishni o'zlari hal qiladi. Hozirgi kunga kelib tarkibimizda kuchli futbolchilar yig'ilgan. Faqatgina Aziz G'anievning jalb qilinmagani yangilik bo'ldi, deb o'ylayman, chunki Azizni Osiyo Kubogiga borishini kutgandim. Bu eng kuchli tarkibimiz. SHomurodov, Sergeev jarohat olib safdan chiqdi. Jarohatlarning sababini murabbiy bilsa kerak. Futbolchilar dam olmasdan o'ynamoqda. Mavsum tugashi bilan terma jamoa yig'iniga ketishdi. U erda ham yuklamalar olishgan. SHuning hisobiga jarohatlar ko'paymoqda. Murabbiylar shtabi barchasini hisobini olishi kerak. 


- O'yinlarda individual mahorat evaziga natija kelyapti. Murabbiyning taktikasi, sxemalari ko'rinib turibdi. Lekin stabil emas. Himoyada to'g'ri o'ynayapmiz. Hujumda hech qanday yangilik yo'q. Oldinda o'yinimiz shakllanmagan. Himoyaga qaytayotganda chiziqlar zo'r ko'rinyapti. Tartibli himoyalana olyapmiz. Lekin hali jamoaviy o'yin ko'rinmayapti. Balki keyingi o'yinlarda jamoaviy harakatlarimiz yaxshi chiqar. Nima bo'lganda ham O'zbekistonga muxlislik qilamiz. Murabbiylar jamoani ichida. Biz chetdan ko'rib gapiryapmiz. Yigitlarga omad tilaymiz. Butun O'zbekiston chempionlikni kutyapti. CHunki 1994 yildan beri milliy terma jamoa bilan sovrin yutmaganmiz. O'ylashimcha, bu tarkib oxirgi yillarga qaraganda kuchliroq. CHempionlikka harakat qilishlari aniq. Ammo qolgan terma jamoalar ham kuchsiz emas. Eron, Yaponiya, Koreya, Saudiya Arabistoni. Avstraliya bularning fonida unchalik kuchli emas. Umuman olganda yarim finalgacha ajoyib setkadamiz. Yarim finalgacha borishimiz foizini yuqori baholayman. Biz yutadigan raqiblar ro'baro' keladi. O'yinimizni yaxshi darajaga keltirib olishimiz lozim.  Buyog'i yarim final va final. Yakunda chempion bo'lib ketsak ajab emas. 

- Katanec qolgan o'yinlarda ham ehtiyotkorlikni saqlab qolsa kerak. Tavakkal qiladigan payt emas. Keyingi bosqich bitta o'yindan iborat. Hujumchi tushiradimi yoki yo'q bilmayman. Individual mahoratimiz yana katta sahnaga chiqishini kutyapman. Masalan Jaloliddin Masharipov, Abbosbek Fayzullaev va boshqalar. Terma jamoamizga omad tilaymiz.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика