So’nggi yangiliklar

23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  0 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  2

Jafar Irismetov: “Obod”ning taklifi men uchun ayni muddao bo'ldi” Yangiliklar

Jafar Irismetov: “Obod”ning taklifi men uchun ayni muddao bo'ldi”

Teglar :  Jafar IrismetovObod
Yaqinda oliy liga debyutanti Toshkentning “Obod” jamoasi murabbiylar shtabida Jafar Irismetov ish boshladi.

Yaqin o'tmishning mohir hujumchilaridan biri bo'lgan sobiq futbolchi endilikda elitada murabbiy sifatida ishtirok etadi. SHu munosabat bilan Irismetovni suhbatga chorladik.

- Jafar aka, “Obod”da ish boshlashingiz qay tarzda amalga oshdi?
- Jamoa rahbarlaridan biri Farhod aka Safarov bu borada menga taklif bilan chiqdi va murabbiylar shtabida yordam berishimni so'radi. SHundan so'ng chorlovni qabul qildim. CHunki Toshkent klubida ishlash men uchun har tomonlama qulaydir.

- Bu yil oliy liga klublaridan taklif bo'lishiga qanchalik ishongandingiz?
- Ochig'ini aytsam kutmagandim. Lekin futbolda ilashni juda-juda istayotgandim. Baribir men uchun eng avvalo futboldir. SHunday paytda “Obod”ning taklifi men uchun ayni muddao bo'ldi. Buning uchun klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib qolaman.

- Yangi jamoangizda vazifalaringiz nimalardan iborat?
- Bilsangiz kerak, bungacha jamoani yosh murabbiy Bobur Zuhriddinov boshqarib kelayotgandi. Men unga yaqindan yordam beradigan bo'ldim. Undan tashqari SHavkat Abduxo'jaev ham biz bilan birga. “Obod”ga kelib shunga amin bo'ldimki, bu erda bosh murabbiy yoki yordamchi murabbiy degan tushuncha yo'q. Hamma bir maqsad yo'lida astoydil ishlamoqda. Menga ham qanday murabbiy bo'lib ishlashning farqi yo'q. Muhimi men o'z kasbim bilan shug'ullana boshladim.   


- Selekciya ishlari bo'yicha ham shug'ullanishingiz mumkinmi?
- Albatta. Biror bir futbolchini taklif etishdan oldin, rahbariyat va murabbiylar bilan o'zaro maslahatlashamiz.

- Garchi “Obod” yangi mavsumga tayyorgarlikni hammadan birinchi boshlagan bo'lsada, hozircha etiborga molik transferlarni amalga oshirganicha yo'q. Bu jihat sizni ham o'ylantiryaptimi?
- To'g'ri aytasiz. Hozircha shunday. Lekin transfer oynasi ochiqligini inobatga olsak, mahoratli o'yinchilarni ham olishga vaqtimiz bor. Boz ustiga ayni damga kelib, ko'plab futbolchilar hamon bir to'xtamga kelgani yo'q. O'ylaymanki transfer qilishga ulguramiz. Lekin shuni ham aytib o'tish lozimki, “Obod” yirik transferlarni amalga oshiradigan darajada emas. Klubning o'z tanlagan yo'li bor. Unga ko'ra joriy yil poytaxtning boshqa klublaridan farqli ravishda sovrinli o'rinlar uchun emas, kurashchan jamoa shakllantirgan xolda, ligada o'z o'rnini saqlab qolishga etibor qaratadi. Server Jeparovdek futbolchilarni olib kelishga moddiy imkoniyat yo'l qo'ymaydi. Mamlakatimizda futbolchilar ko'p. Ularning hammasi ham “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Bunyodkor”da o'ynay olmaydi-ku! Menimcha tarkibni kuchaytirishga ulguramiz.   

- “Obod” ish boshlaganingizga ham 2-3 kun bo'ldi. Xo'sh, ilk taassurotlar qanday?
- Hammasi yaxshi. Yig'inda asosan o'tgan yilgi futbolchilar ishtirok etmoqda. Ayrim o'yinchilarni ko'rikka taklif etishgan. 24-25 yoshdagi o'yinchilar ekan deyarli. SHaroitlar ham kamtarona. Faqat ishlash kerak.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика