So’nggi yangiliklar

15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  0 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  4 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  4 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   9 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  16 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  19

Jadvalda o'zgarish yo'q: A Seriya 35-tur yakunlari Yangiliklar

Jadvalda o'zgarish yo'q: A Seriya 35-tur yakunlari

Italiya chempionatining navbatdagi tur bahslari ham nihoyasiga etdi.

"Yuventus" "Veneciya"ni mag'lub etdi

"Keksa sinora" o'yinni faollik bilan boshladi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Luka Pellegrini uzoqdan kuchli zarba berdi, ammo to'p darvoza to'siniga tegdi. "Yuventus" esa bunga gol bilan javob qaytardi: De Ligt uzatmasini Bonuchchi to'g'ri darvozaga joylab qo'ydi. "Veneciya" o'zini yo'qotib qo'ymadi va bir nechta xavfli vaziyatlar ham yarata oldi. Aramu yaqin masofadan yaxshigina zarba berdi, biroq SHHensniy pand bermadi. Birozdan keyin qanotdan oshirilgan to'pni Anri darvoza ustuniga qarab tepdi. Mezbonlar esa tanaffusgacha boshqa vaziyatlar yarata olishmadi.

Ikkinchi bo'limda "Yuventus" yanada shiddat bilan harakat qildi, biroq yaratilgan vaziyatlar unchalik ham xavfli chiqmadi. Aramuning jarima zarbasidan urgan to'pi ancha keskin edi, lekin mo'ljalda biroz adashdi. SHunday bo'lsa-da, urinishlari besamar ketmadi. Aramu bir nechta raqiblarini chalg'itib, zarba berdi va hisobni tenglashtirdi. Ammo "Veneciya"ning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi va besh daqiqa o'tib, "Yuve" gol urdi. Burchakdan uzatilgan to'pni Danilo yana oldinga oshirdi, Bonuchchi esa dubl qayd etdi. Natijada "Yuventus" 3 ochko ishlab oldi.


"Milan" "Fiorentina" ustidan g'alaba qozondi

O'yin boshida "Fiorentina" ancha xavfli harakatlandi, Igor burchak to'piga yaxshigina zarba berdi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. Taym o'rtalarida "Milan" "fialkalar" darvozasiga bosim o'tkaza boshladi. Jiruda ajoyib imkon bo'lgandi, ammo forvard birga-bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

Tanaffusdan so'ng Dias va Jiru yaxshigina hujum uyushtirishdi, ammo to'pga juda qattiq zarba berilganidan darvoza tepasidan o'tib ketdi. "Milan" yanada xavfli o'ynashda davom etdi va Terracino darvozasi yonida ko'proq vaziyatlar yaratildi. "Fiorentina" ham bunga Kabralning kuchli zarbasi bilan javob qaytardi, Menyan gol bo'lishiga yo'q qo'ymaslik uchun bor kuchi bilan harakat qildi. "Milan" kamroq hujum qilganda esa "fialkalar"ning o'zi xatoga yo'l qo'yishdi. Va nihoyat 82-daqiqada Leao hisobni ochdi. "Rossoneri" turnir jadvalining etakchisi bo'lib qolmoqda.


"Inter" Udineda g'olib bo'ldi

"Udineze"ga qarshi bahsni "qora-ko'klar" faollik bilan boshlashdi. O'yinning 12-daqiqasida ajoyib vaziyat bo'ldi. Dimarkoning burchakdan bergan ajoyib zarbasidan so'ng Ivan Perishich baland sakrab boshi bilan gol urdi. Ko'p o'tmay, Pereyra uzoqdan xavfli zarba yo'lladi, biroq safga qaytgan Xandanovich zarbani qaytardi. "Udineze" juda xavfli hujumlar qildi, "Inter" qaysidir palla zarbalarni qaytarish bilan ovvora bo'ldi. Taym oxirida Lautaro birga-bir vaziyatda gol urolmadi. Jeko yiqitilganidan so'ng, penalti belgilandi, ammo Lautaro tepgan to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Martines xatosini to'g'rilash uchun o'sha zahotiyoq boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi.

2-taym boshidayoq Jeko gol urishi mumkin edi. Galyardinining uzatmasidan so'ng, birga-bir vaziyatda yaxshi harakatlangan o'yinchi darvozabonni aldab o'tolmadi. "Udineze" esa yana hujumga o'tdi hamda vaziyatlar yarata boshladi. Jamoaning urinishlari besamar ketmadi. Jarima zarbasidan so'ng, to'p Pussetoga borib tushdi, u esa mo'ljalda adashmay, gol urdi. "Inter" darhol qarshi hujumga o'tishi mumkin edi, biroq Korrea negadir ofsaydda turgan Vidalga to'pni oshirdi. SHunga qaramay, bahs "Inter" g'alabasi bilan tugadi, "Udineze" esa jiddiy qarshilik ko'rsata olgani bilan maqtansa ham bo'ladi.


"Lacio" "Speciya"dan ustunroq

O'yin rimliklar uchun osonlik bilan boshlanmadi. Jarima zarbasidan keyin Amen-Adu boshi bilan gol urib, hisobni ochdi. SHundan so'ng, "burgutlar" hujumga o'tishdi, lekin ancha vaqtgacha hech qanday vaziyat yarata olishmadi. Qaysidir palla omadlari kelib, raqib himoyachisi jarima maydonida qo'l bilan o'ynadi. To'p yoniga Immobile keldi va imkoniyatdan unumli foydalandi. Agudello oradan 2 daqiqa o'tib, Acherbining muvozanatni yo'qotib, yiqilganidan foydalandi va birga-bir vaziyatga chiqdi va Strakoshani dog'da qoldirdi. U tanaffusgacha dubl qayd etishi mumkin edi, ammo zarba noaniq chiqdi.

Tanaffusdan so'ng, Cakani darvoza ustuniga zarba berdi, biroq to'p ustundan golkiperning boshiga tushib, darvozaga kirib ketdi. "Speciya" darhol yana hujumga o'tdi. Verdening ajoyib jarima uzatmasini Xristov boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. "Lacio" bunga javoban oldinga o'tdi va biroz muddatdan so'ng hisobni tenglashtirdi. Felipe Andersonning havodan oshirgan to'pini Sergey Milinkovich-Savich jarima maydonida qabul qilib oldi va himoyachini aldab o'tib, gol urdi. Qizig'i shundaki, "Speciya" hisobda yana oldinga o'tib olishi mumkin edi, biroq Verde tepgan to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. Cakani ham gol urishga yaqin edi, lekin to'pni yana darvoza ustuni qabul qildi. Vaziyatlardan birida Luis Albertoning pasidan so'ng jamoa sardori Achebi 90-daqiqada gol urdi va oxir-oqibat "Lacio" g'alaba qozondi.


"Napoli" "Sassuolo"ni tor-mor etdi

"Empoli"dan qabul qilib olingan alamli mag'lubiyat Spalletti jamoasini g'azablantirgani aniq. O'yin boshida Mertens darvoza tomon yugurib borib, posbonni aldagan bo'lsa-da, gol urolmadi. Biroq tezkor gol baribir amalga oshdi. Insinening burchak zarbasini Kulibali boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Ko'p o'tmay, "Napoli" yana shunga o'xshash gol urdi. Bu safar Insinening burchak uzatmasini Osimxen boshi bilan darvozaga joyladi. Birozdan so'ng, nigeriyalik Lozanoga pas berdi, u esa bo'sh darvozani ishg'ol qildi. Ammo bu hali hammasi emas. Mario Ruy 4 daqiqadan so'ng, Mertensga to'pni oshirdi, Dris imkoniyatdan unumli foydalanib, gol urdi. "Sassuolo" o'yinga umuman tayyor emas edi va 1-taymda hech qanday vaziyatlar yarata olmadi.

"Napoli" tanaffusdan keyin bosim o'tkazishda davom etdi. Mertens Fabian Ruis bilan devor uslubida o'ynab, jarima maydonida to'pga ega bo'ldi va dubl qayd etdi. SHundan keyingina "partenopeylar" biroz tinchlanishdi, ammo "Sassuolo" mezbon darvozasi yonida hamon xavfli vaziyat yaratmasdi. Bu ham etmagandek, Di Lorenco sherigi Rraxmaniga to'pni oshirdi, markaziy himoyachi esa mo'ljalda adashmadi. "Neroverdi"ning kuchi bittagina gol urishga etdi. Berrardining uzatmasidan so'ng, Maksim Lopes raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Napoli" ishonchli g'alabaga erishdi. Ha, agar klub avvaldan shunday o'ynaganida, skudettoni qo'lga kiritishi mumkin bo'larmidi?!

SHuningdek, "Roma" - "Bolonya" bahsida hisob ochilmadi, "Atalanta" va "Salernitana" murosa yo'lini tanlashdi, "Sampdoriya" "Jenoa"ni mag'lub etdi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика