So’nggi yangiliklar

15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  0 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  2 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  4 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  15 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4

Ixtiyor Toshpo'latov: "Jamoadagi birdamlik sababli "Metallurg”ni mag'lub etdik" Yangiliklar

Ixtiyor Toshpo'latov: "Jamoadagi birdamlik sababli "Metallurg”ni mag'lub etdik"

Superliga 3-tur doirasida “Dinamo” jamoasi o'z maydonida “Metallurg”ni qabulqildi va mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

O'yindan so'ng “Dinamo” futbolchisi va g'alabaga o'z xissasini qo'shgan Ixtiyor Toshpo'latov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- “Surxon”ga qarshi alamli mag'lubiyatdan so'ng, “Metallurg”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik olib bordik. “Metallurg” tarkibida tajribali futbolchilar yig'ilgan. Buni anglagan holda maydonga faqat g'alaba qozonish uchun chiqdik. Qiyin uchrashuv bo'ldi. Murabbiyimiz ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik va jamoaviy o'yin ko'rsatdik. So'nggi daqiqalargacha g'alaba uchun kurashdik. Jamoadagi birdamlik sabab g'alabaga erishdik deb o'ylayman.



- Mavsumdagi ilk golimni urdim. O'ylaymanki oldinda “Dinamo”ni ko'plab g'alabalar kutib turibdi. Har bir g'alabaga gollarim bilan jamoaga yordam berishni istayman va buning uchun harakat qilaman. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman va bizni doimo qo'llab-quvvatlab turishgani uchun jamoamiz nomidan minnatdorchilik izhor qilaman", - deydi Ixtiyor Toshpo'latov.

Dildora Xolboeva yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика