Ixtiyor Toshpo'laptov: Mashaldan qarzdor bo'lib qolaveraman
07 fev 2017 12:22
Yangiliklar
Ixtiyor Toshpo'laptov: Mashaldan qarzdor bo'lib qolaveraman
Futbolchining tashrifi chog'ida undan o'zimiz qiziqtirgan savollarga javob oldik.
- Meni futbolchi degan nomga sazovor qilgan va sababchi bo'lgan yagona jamoa bu so'zsiz Mashaldir. SHunday ekan, Muborak xalqi va Mashaldan bir umr qarzdor bo'lib qolaveraman. Muborakda o'sdim ulg'aydim do'stlar orttirdim, professional bo'lib tanildim, men bu jamoaning azosiman va bundan faxrlanaman, - deydi Toshpo'latov.
- Yangi mavsumni ham Jizzaxliklar safida o'tkazasiz, Fayziev jamoasidan yangi mavsum nimani kutsak bo'ladi?
- Yangi mavsum jamoamiz yanada mazmunli o'yin namoyish etishi aniq. Davron Fayziev tajribali mutaxassis shunday ekan har holda “So'g'diyona” ochko ulashuvchi jamoa bo'lmasligi aniq.
- Bu mavsumda Mashal imkoniyatlarini qanday baholagan bo'lardingiz?
- Bilasizmi o'tgan mavsumda Mashal esda qolarli darajada o'yin namoyish etdi. Paxtakor va Nasaf Muborakda ojiz qoldi, Bunyodkor esa ikki bahsda ham Mashalni mag'lub etolmadi. O'z maydonida mamlakat chempioni Lokomotivni mag'lubiyatga uchratgan Buxoro har ikki o'yinda Mashalga imkoniyatni boy berdi. Bu mavsumda Gazchilar yana ko'pgina gigantlarimizni chorasiz qoldira oladi. Buni men yuqori baholayman albatta.
- Ko'pgina Muboraklik muxlislar sizni Mashaldan butunlay ketgan deb o'ylashadi.
- Menning Mashal bilan amaldagi shartnomam 2018 yilga qadar tuzilgan. Hali yana Mashal libosi ostida ko'p bora maydonga tushaman.
Fikrlar