So’nggi yangiliklar

14:13"Бавария" собиқ мураббийи қозоқ жамоасини бошқариши мумкин  0 13:44"Бавария" Жексонни сотиб олишдан воз кечди, аммо АПЛнинг 4 та клуби форвард учун курашишга тайёр  0 13:18Тудор "Тоттенхэм" АПЛда қолишига ишонади  0 12:55Артета: "Бизни ҳақиқий марафон кутиб турибди"  1 12:33Танташев ФИФА семинарида  1 12:18Про лига қачон бошланиши эълон қилинди  0 11:59Оғир жароҳат олган Лофтус-Чикка операция керак бўлади  1 11:37"Динамо" бугун Самарқандда йиғилади  2 11:15Жаҳонгир Жиямуродов — "Гулистон" бош директори  1 10:51Раҳимжон Давронов: "Кутганимиздан ҳам аъло даражада бўлди"   7 10:25"Реал Мадрид"нинг яна бир футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқди  0 10:00Флик: "Мен кўрмоқчи бўлган нарса шу эди"  3 09:36"Мен ишлаган энг профессионал ўйинчилардан бири". Анчелотти — Роналду ҳақида  0 09:10"Арсенал" ушбу натижага тарихда илк бор эришди  0 08:44"Шикоят қилмасинлар". "Барселона" президенти Лапорта — "Реал"нинг "Осасуна"дан мағлубияти ҳақида  10

Ixtiyor Ropiev:”Finaldan oldin ikki jamoaning imkoniyatlari teng” Yangiliklar

Ixtiyor Ropiev:”Finaldan oldin ikki jamoaning imkoniyatlari teng”

AGMK futzal jamoasi o'yinchisi Ixtiyor Ropiev final bahsidan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Etiborli jihati bu yilgi barcha finallarda AGMK va “Paxtakor” jamoalari o'zaro to'qnash kelishmoqda. 

- Dastlab finaldan oldingi fikrlaringizni bildirsangiz? Qaysi jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?
- Biz “Paxtakor” bilan finalda to'p tepishga tayyormiz. Raqibimiz anchagina tajribali o'yinchilardan tashkil topgan. Joriy yilda kim chempion bo'lishini oldindan aniq aytish qiyin. Ikki jamoaning imkoniyatlarini teng baholagan bo'lardim. Qaysi jamoa vaziyatlardan unumli foydalansa g'olib o'sha bo'ladi.

- Bu yil siz uchun omadli o'tgani aniq. Boisi, ham terma jamoa, ham klub safida xalqaro maydonda muvaffaqiyatli to'p tepdingiz...
- O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan Osiyo chempionati saralash bahslarida ijobiy natija qayd etdik. Nasib qilsa, osiyo chempionatidan medal bilan qaytamiz. Guruhimizdan Bahrayn, Indoneziya, Xitoy kabi termalar joy olgan. Bular shunchaki oddiy termalar emas. Ularni engib jahon chempionatiga chiqishga harakat qilamiz. AGMK bilan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashganimdan xursandman. Men uchun debyut musobaqa bo'ldi. Guruhdan chiqib yarim finalga qadar etib keldik. Biz bundan ham yaxshiroq natija ko'rsatshimiz mumkin edi. Omad kelmasa qiyin ekan.

- O'zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqqan taqdirda, Tailand yoki Eron bizga raqiblik qiladi...
- Biz ishlashda davom etamiz. Bu terma jamoalarga qarshi murabbiylar Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboev echim topishadi deb o'ylayman. Ularni yutadigan vaqtimiz keldi. Muhlislar bizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman. Bu bizga qo'shimcha ruhiy dalda vazifasini bajaradi.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика