So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

IX marotaba o'tkazilgan Akmal Azizxo'jaev xotira turniri o'z yakuniga etdi Yangiliklar

IX marotaba o'tkazilgan Akmal Azizxo'jaev xotira turniri o'z yakuniga etdi

"Paxtakor" tarixida muqim iz qoldirgan Akmal Azizxo'jaevni o'zbek futbol muxlislari juda yaxshi biladilar.


"Paxtakor" jamoasining birinchi sardori xotirasiga mana 9 yildirki, Azizxo'jaevlar oilasi tomonidan bolalar o'rtasida musobaqa o'tkazib kelinadi.

Bu safargi turnirda 2010 yilda tavallud topgan futbolchilar qatnashdilar. "Mejik" va Akmal Azizxo'jaev oilasi hamkorligida o'tkazilgan musobaqada 12ta jamoa ishtirok etdi. "Odil Junior" va "Lokomotiv" jamoalari 9 ochko bilan o'z guruhlarida birinchi o'rinni qo'lga kiritdilar. "Paxtakor" va "Spartak" esa 7 ochkodan to'plagan holda birinchi hamda eng yaxshi ikkinchi o'rinni qayd etgan holda keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqdilar va ular yakunda finalda to'qnash keldilar.


Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

"A" guruhi: "Paxtakor-1", "CHig'atoy", "Spartak", "Nasaf"

"B" guruhi: "Paxtakor-2", "Bunyodkor-1", "Odil Junior", BO'SM-16

"S" guruhi: "Bunyodkor", "Nasaf", "Lokomotiv", "Mejik Futbol"

1-tur.

"Nasaf"-2 - "Spartak" 2:6

"Paxtakor" - "CHig'atoy" 2:1

"Bunyodkor" - "Paxtakor"-2 3:1

"Mejik" - "Nasaf" 2:4

BO'SM16 - "Odil Junior" 1:9

"Lokomotiv" - "Bunyodkor"-2 2:1 

2-tur.

"Spartak" - "CHig'atoy" 4:3

"Paxtakor" - "Nasaf"-2 5:0

"Odil Junior" - "Bunyodkor"-2 3:2

"Paxtakor"-2 - BO'SM16 3:0

"Mejik" - "Bunyodkor"-2 1:4

"Lokomotiv" - "Nasaf" 3:0

3-tur.

"Bunyodkor"-2 - "Nasaf"4:0

"CHig'atoy" - "Nasaf"-2 3:1

"Mejik" - "Lokomotiv" 1:3

"Bunyodkor" - BO'SM16 4:2

"Paxtakor" - "Spartak" 2:2

"Paxtakor"-2 - "Odil Junior" 0:4

1/2 final.

"Paxtakor" - "Odil Junior" 2:1

"Spartak" - "Lokomotiv" 6:4

3-o'rin uchun. "Odil Junior" - "Lokomotiv" 2:1

Final. "Paxtakor" - "Spartak" 0:3

Musobaqaga tashrif buyurgan, "Paxtakor" jamoasini tuzilishida ishtirok etgan faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov sobiq futbolchi haqida juda ham ilq fikrlarni bildirdi. 

Akmal Azizxo'jaev xotira turniri ilk marotaba 2010 yil o'tkazilgan bo'lib, unda 2002 yillarda tarbiya topgan futbolchilar qatnashganlar. Qizig'i shundaki, o'sha yillarda ilk musobaqasi sifatida qayd etilgan bu futbolchilar bugungi kunda top klublar yoshlar jamoasining asosiy tarkib azosiga aylandilar.

2020 yil musobaqa yubiley yoshga to'ladi. XX marotaba o'tkazilinadigan turnirda barcha ishtirokchilarni yig'ish maqsad qilindi va unda 2002 yildan 2011 yilgacha bo'lgan yosh avlod vakillari g'oliblik yo'lida maydonga chiqadilar. 

"Bobom ajoyib inson edilar. Bizlarga ulardan katta madaniy meros qoldi, u ham bo'lsa "Paxtakor"ning shonli tarixi! Bu insonning farzandlari ekanligimizdan xursandmiz. Mazkur musobaqalarni tashkil etishimizdan asosiy maqsad ham, bobomga o'xshagan futbolchilarni kashf qilish", - deydi Murodilla Azizxo'jaev.


 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика