Ivanovich yana bir marotaba Serbiyaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
18 dek 2013 12:34
Yangiliklar


Ivanovich yana bir marotaba Serbiyaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
“CHelsi” klubi himoyachisi Branislav Ivanovich, Serbiya Futbol uyushmasi tomonidan ikkinchi marotaba ketma-ket mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deb xabar beradi tashkilot rasmiy sayti.
O'tgan mavsum Ivanovich Evropa Ligasi doirasida “Benfika”ga qarshi o'yinda (2:1) g'alaba keltiruvchi golni kiritib, qahramonga aylangan edi. Angliya chempionatining 2012/13 mavsumida esa Ivanovich 34 ta o'yinda ishtirok etib, 5ta gol urishga erishgan.

Fikrlar