So’nggi yangiliklar

08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  0 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  5 07:32Эрон чемпионати. Остон рамзийдан жой олди, Машариповчи?  2 07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  4 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  2 06:127та гол урилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 01:53ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди  89 01:19Месси тарихда голлар ва ассистлар бўйича пента-трикка эришган биринчи футболчига айланди  42 00:54Агуэро бўлажак АПЛ ғолибини тахмин қилди  3 00:25Испаниялик футболчи юрак хуружига учраган мухлис сабабли ўйинни тўхтатишни сўрагани учун майдондан четлатилди  1 00:06БАА Про лигаси. Эркинов 68 дақиқа ўйнаган баҳсда "Ал Ваҳда" ғалаба қозонди  0 23:48"Ланс" ҳимоячиси ўғрилик қурбони бўлди  2 23:31БМТ 25 майни Бутунжаҳон футбол куни деб эълон қилди  3 23:14Мбаппе Усэйн Болтни пойгага чорлади  1 22:52Миржалол Қосимов: "Клубда ҳеч ким абадий эмас, мен ҳам қачондир кетаман"  9

Ivan Solovyov: "Yangi yilda hakamlar kamroq xato qilishlarini va uchrashuvlar haqqoniy o'tishini istayman" Yangiliklar

Ivan Solovyov: "Yangi yilda hakamlar kamroq xato qilishlarini va uchrashuvlar haqqoniy o'tishini istayman"

"Lokomotiv" jamoasi Pro ligaga tushib ketganiga qaramay shashtni aslo tushirmagan ko'rinadi.

Klub yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik olib borish bilan birga tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan. "Temiryo'lchilar" o'tgan haftada rossiyalik legioner Ivan Solovyovni qo'shib olganini elon qildi. O'zbekistonlik muxlislarga "Navbahor" va bu mavsumda "Nasaf"dagi o'yinlari bilan tanilgan yarim himoyachi endilikda poytaxtda to'p tepadi. SHu munosabat bilan Solovyovni suhbatga chorladik. 

- Yangi yil yaqinlashmoqda. Demak hozir o'tgan mavsumni sarhisob qilishning ayni pallasidamiz. Ivan Solovyov uchun 2022 yil qanday o'tdi?

- "Nasaf" bilan umumiy manoda yaxshi mavsum o'tkazdim. O'zbekistondagi faoliyatim davomidagi ilk sovrinni yutdim. OCHLda guruhdan chiqdik, ichki chempionat bahslarida bronza medallari nasib qildi. Lekin alamli yakun haqida ham aytib o'tmoqchiman. CHempion bo'lolmadik. Menimcha natijalarimiz yomon bo'lmadi. 

- Bugungi kunga kelib "Nasaf"ning yaxshi bazaga egaligi, akademiyasi borligi ko'p takrorlanadi. Omma tomonidan bir necha bor tilga olinadi. CHempionlik uchun bu etarli bo'lmasa kerak?

- Akademiya, baza hammasi yaxshi. Ha, chempion bo'lolmadik. Qaerdadir biz aybdormiz. Yana qaerdadir rahbariyat. CHunki kubok finaligacha boshqacha vada, undan keyin boshqacha vadalar berishdi. Nafaqat biz futbolchilar, ular ham aybdor. "Nasaf"dagi infratuzilma O'zbekistondagi birinchi raqamli, deb ayta olaman. Bu borada bahslashishga hojat yo'q. Lekin futbolda mayda kamchilik, kichik elementlar ham katta tasir qiladi. Futbolchilar oldida qarzdorliklar baribir ruhiy jihatga tasir qildi. 

- "Nasaf"ni tark etishingiz aynan nima bilan bog'liq bo'ldi?

- Birinchi sababi kam o'ynadim. Ikkinchisi shartnomani uzaytirish bo'yicha men bilan hech kim gaplashmadi. Balki klubning o'zi olib qolishni istamagandir. Ammo qaytaraman "Nasaf"da juda zo'r kollektiv jamlangan. Yigitlar, murabbiylar shtabi bari ajoyib. 

- O'yin amaliyoti etarli bo'lmaganini jarohatlar, raqobat yoki boshqa sabablari bormi?

- Bilmadim. Murabbiyning o'z qarashlari, mening o'z qarashlarim bor. Biror narsa, deya olmayman. CHunki muxlis emasman. Murabbiy va boshqalar ko'rayotgan futbol o'rtasida farq bo'ladi. Lekin hech qanday etirozim yo'q. O'ynatmadimi, demak ayb o'zimda. Qaysidir joyda yaxshi ishlamadim. Murabbiylar, jamoadagilarni hafa qilib qo'yishni istamayman. Ular bilan munosabatlarim yomon bo'lmadi. 

- "Lokomotiv" Pro ligada o'ynaydi. Demak sizda ortga qadam tashlash bo'ldi?

- Ha, buni inkor qila olmayman. Yanada oldinga intilishingiz uchun bir qadam orqaga yurishingizga to'g'ri keladi. To'g'ri "Lokomotiv" Pro ligada o'ynaydi. Lekin jiddiy harakat qilib Superligaga qaytish kerak, tamom. Qaytganda ham yaxshi o'rinlarga kurashadigan bo'lib chiqish shart. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Nima uchun Toshkentni tanladim? Oilaviy sharoitimdan kelib chiqib poytaxtda qolish to'g'ri yo'l, deb o'ylayman. 

- Bosh murabbiy bilan gaplashdingizmi?

- Yo'q. Klub bosh direktori To'labek Akramov bilan gaplashib oldik. Rahbariyatning ham, murabbiylarning maqsadi bitta - Superligaga yo'llanma olish. Mirko Yelichich tatildan qaytgach ko'rishamiz. Mendan nima istayapti, qaysi poziciyada o'ynatmoqchi bari muhokama qilinadi. 

- CHerandan tashqari bu yil Superligada eng yaxshi legioner kim bo'ldi? 

- CHerandan boshqasini eng yaxshi, deya olmayman. CHunki CHeran gol "mashinasi". U kabi legioner boshqa bo'lmasa kerak. Ikkinchisi Igor Golbanni etirof etgan bo'lardim. CHunki u mavsum davomida o'z poziciyasida barqaror to'p tepdi. (Golban 2020 yilda O'zbekiston fuqaroligini olgan, tahrir). Legionerlar bo'yicha yana limit o'zgarishi kutilmoqda ekan. 

So'zim yakunida barchani yangi yil bilan tabriklayman. Yangi mavsumda hakamlar xatolari imkon qadar kamroq bo'lishiga umid qilaman. Uchrashuvlarning hammasi haqqoniy va tabiiy bo'lsin. Eng asosiysi barcha futbolchilarga jarohat olmaslikni tilab qolaman.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика