Ivan Rakitich: “O'yin qiyin bo'ldi, ammo hozircha uyga qaytish niyatim yo'q”
19 iyu 2014 14:54
Yangiliklar
Ivan Rakitich: “O'yin qiyin bo'ldi, ammo hozircha uyga qaytish niyatim yo'q”
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich Kamerun ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, issiqda nafas olish qiyin bo'lganini va hech kimning uyga qaytish niyati yo'qligini takidladi.
“Bunday issiq havoda nafas olish qiyin bo'ldi, ammo uyga qaytish niyatim yo'q. Ikkinchi bo'limda osonroq bo'ldi, chunki Kamerun terma jamoasi bir kishi kam bo'lib qolgandi. Umuman olganda o'yin yaxshi o'tdi deb o'ylayman, biz urgan to'rt gol buni isbotlaydi. Biz ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo hozir Meksika haqida o'ylashimiz kerak, chunki hammasi o'z qo'limizda” – deydi Rakitich “Goal.com”ga.
Fikrlar