So’nggi yangiliklar

08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  5 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  0 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  2 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  5 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  5 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  8 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1

Ivan Rakitich: “Barsa”dan ko'ra yaxshiroq joyni tasavvur qilolmayman” Yangiliklar

Ivan Rakitich: “Barsa”dan ko'ra yaxshiroq joyni tasavvur qilolmayman”

Teglar :  Ivan Rakitich
“Barselona” va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich “Sevilya”dan Kataloniyaga kelgach, yangi klubiga tez ko'nikib keta oldi.

Hozirda jamoa yarim himoyasida asosiy o'yinchilardan biriga aylangan Rakitich ayni paytdagi holati va boshqa jihatlar haqida berilgan savollarga javob qaytardi.

- Siz SHveycariyada tug'ildingiz, Germaniya va Sevilyada yashadingiz, hozir Barselonadasiz. Xorvatiya terma jamoasida o'ynaysiz. Aslida qaerdansiz?

- Yaxshi savol. SHubhasiz, o'zimni xorvat deb his qilaman. SHuning uchun Xorvatiya terma jamoasida o'ynashga qaror qilganman, garchi yoshlar toifalarida SHveycariya sharafini himoya qilgan bo'lishimga qaramay. Buni yurak amri bilan amalga oshirganman. SHveycariyaga esa u menga bergan narsalar uchun minnatdorchilik bildiraman. Hayotimda ro'y bergan katta o'zgarishlardan keyin o'zimni haqiqiy andalusiyalik deb sezyapman.

- “Barsa” haqida bolalikda qanday o'ylardingiz?

- Jamoa muxlisi bo'lganman deyishim mumkin. Bu erda o'ynagan Prosinechkini kumir deb sanardim.

- U “Real”da ham o'ynagan!

- Ha, lekin uni “Barsa” futbolchisi sifatida bilardim.

- Faoliyatingizni tugatgach, qaerda yashashni mo'ljallayapsiz?

- Agar bugun shunday holat bo'lsa, Sevilya deb javob berardim. Ammo kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Balki, shu erda yaxshi bo'lib, qolishga qaror qilarmiz. Vaqt ko'rsatadi. Barselonaga kelgan ilk kunimdan oilam bilan o'zimni yaxshi his qilyapman.

- “Barselona”ga o'tgandan keyin ko'rganlaringiz siz uchun kutilgan hol bo'ldimi?

- Yo'q. Deyarli hammasi men uchun hayratlanarli edi – chunki bu jahonning eng yaxshi jamoasi! Faqat klub ichidagi emas, uning atrofidagi narsalar ham ajablantirgandi. Barchasi mukammal edi va avval bunday holatga guvoh bo'lmagandim. Bu erdagi maqsadim o'yindan zavq olish, bor kuchimni berish va sheriklarim, murabbiylar va prezidentning ishonchini qozonish bo'lgandi. Har doim o'sib borish va har qanday vaziyatdan ijobiy tomonlar qidirishga intilaman. “Barselona”dan ko'ra yana qaerdadir yaxshiroq bo'lishini tasavvur qilolmayman.

- Mavsumning birinchi qismidan qoniqish hosil qildingizmi?

- Tushunaman, atrofdan hamma narsa ijobiydek ko'rinmagan. Jamoa bunchalik yuqori saviyada bo'lganda oddiy g'alaba qozonish etarli bo'lmaydi. Raqibni shunday mag'lub etish kerakki, odamlar “Mana bu “Barsa” deyishlari darkor. Klubda talablar juda yuqori. Jamoa muxlislari hamisha jamoadan ko'p narsa kutishadi.

- “Anoeta”dagi mag'lubiyat jamoa uchun hal qiluvchi vaziyat bo'lgani, jamoada o'zgarishlar yuzaga kelishi boshlangani haqida aytgan Luis Enrikega qo'shilasizmi?

- Hamma narsaga ishonaman. O'tgan mavsumda chempionat boshlarida “Granada”ni 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdik, ammo keyingi kuni hammasi xuddi biz penalti yordamida 1:0 hisobida zafar quchgandek tuyulgandi. SHunday lahzalarda o'zingga-o'zing “Axir, bu “Barsa” deb yuborasan. Barcha taraflar bo'yicha yaxshi bo'lishing kerak, klub talabiga javob berishing kerak. Trenajyor zalida bir soat ko'proq qolaman va keyin qayta tiklanish uchun bir emas, ikki marta vannaga tushaman. Hammasini avvalgidan yaxshiroq amalga oshirish lozim. Bu doimo o'sib borishing uchun darkor. Bu erda doimo o'ynashni istayman.

- Talablar bunchalik yuqori holatda zavq olish mumkinmi?

- Albatta, yana qanday! O'tgan yili CHempionlar ligasidagi g'alabadan keyin oilam va do'stlarimga mavsum yakunlanganidan o'zimni yomon his qilayotganimni aytgandim. O'zingni shunchalik kuchlidek his qilasanki, bundan ilhomlanib, o'sha his ko'proq cho'zilishi va o'ynashda davom etishni xohlaysan.

Har bir mashg'ulot va mashqdan rohatlandim. Mavsum endi tugagan pallada keyingi rejalarni tezroq bilishni istaysan. Yoz tig'iz o'tdi – men uylandim, bizda asal oyi bo'ldi, lekin maydonga tezroq qaytgim keldi.

- Bu yil ham o'tgan yilgidek yaxshi o'ynayapsizlar.

- Ha, lekin oldinda yana uzoq yo'l turibdi. Ko'p ishlashimiz zarur. O'tgan mavsumda barcha sovrinlarni yutdik. Endi barcha bizga qarshi borini berib, “Barselona”ni mag'lub etishni xohlaydi.


- Rotaciyani qanday qabul qilasiz?

- To'g'risi, yaxshi emas. Zaxirada o'tirishni yoqtirmayman. Agar bunga yaxshi munosabatda bo'lsang, unda ishtiyoq etishmaydigan futbolchisan. Biz bir jamoamiz, ammo barchaning undan o'rin olishga haqqi bor. Doim o'ynashni xohlayman, dam olish uchun vaqt topa olaman. Masalan, menga Gvardiolaning Levandovski to'g'risida aytgan gapi yoqqan: “U men uchratgan eng yaxshi professional”. Men shunga erishishni istayman. Murabbiyim shunday deyishini xohlagan bo'lardim. Futbol bilan yashayman. O'yindan rohatlanishni yoqtiraman va buning uchun eng yaxshi holatda bo'lish talab qilinishini tushunaman.

- “Sevilya”da sardor edingiz, hozir esa yo'q. Bu sizga tasir qiladimi?

- Bu bir xil holat emas, lekin qaerda ekaningni tushunib olish darkor. Jamoangda futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi harakat qiladi, atrofingda poziciyasida jahonda eng yaxshilari sanalgan futbolchilar o'ynaydi. O'z navbatida men ham umumiy g'alabaga hissa qo'shishga urinaman – shu sabab ishlayman va jamoadoshlarim hurmatini qozonishga intilaman. “Barselona”ga kelishning o'zi bilan ish bitib qolmaydi. Bu erda ekanman, eng yaxshi taraflarimni ko'rsatishim shart.

- Tanishtiruv marosimida “Tarixga kirishni xohlayman. Biz barcha sovrinlarni yutib, odamlar zavq oladigan futbol namoyish etishga harakat qilamiz” deb aytgansiz. Bu bajarildi. Yana nimani xohlaysiz?

- Prezident tufayli menda yana bir necha yil mavjud. G'alaba qozonishda davom etishni istayman, har mavsumda sovrinlar uchun kurashishni yoqtiraman. Biz to'g'ri yo'ldamiz.

- Har doim ham sovrinlarga erishib bo'lmasligiga tayyormisiz?

- “Sevilya”dan kelganman, biz ikki yil hech narsa yuta olmaganmiz. Barchasi yaxshi bo'lmasdan, o'zgarishlar lozim bo'ladigan davrlar bo'lishini bilaman va yaxshi tushunaman. SHunday vaziyat kelganda, u albatta keladi, biz sovrin yutolmaymiz va bu oddiy holat bo'ladi. O'shanda yana zafar quchish uchun bor kuchimizni beramiz.

- “Barsa”ning uslubi o'zgardi deb hisoblaysizmi?

- O'ylashimcha, biz avval safimizda bo'lgan futbolchilardan ozgina uzoqlashyapmiz. Lekin uslub o'zgardi deb aytish qiyin. Futbolda raqib doimo o'yinga tasir qiladi. Agar raqib bo'sh hudud bersa, bundan foydalanishga urinasan. Men raqibning zaif tomonlarini topishga urinaman. Albatta, buni Xavi va Inesta qilgandek amalga oshirolmayman, lekin jamoaga foyda keltirishga intilaman. Men Ivan Rakitich bo'lishni istayman. Jamoani kuchim etguncha kuchaytirish – bu mening maqsadim.


- Jamoa hujumdagi uchlik uchun ishlaydi, shundaymi?

- Ular bunga arziydi. Ular erkin harakatlanish imkoniga ega, chunki ular eng yaxshilar hisoblanadi va ularga ega bo'lgan holda bundan foydalanishingiz shart. Lekin oldindagi uchlik ham ortlarida eng yaxshilar o'ynayotganini bilishadi. Qanchalik yuqorida to'pni olib qo'ysak, shunchalik yaxshi bo'lishini bilamiz. Lekin kerak bo'lganda orqaga qaytib, himoyaga yordam berish kerakligini bilamiz.

- Inesta, Buskets yoki Pike kabi yulduzlar o'zini qurbon qilib, oldindagi uchlik uchun o'ynashi yaxshi misolmi?

- Ular bunga arzishadi. Jamoada har kimning vazifasi bor. Misol uchun, men raqiblarni Neymar kabi aldolmayman yoki Leo kabi to'pni darvozaga tepolmayman. Luis kabi jismonan kuchli emasman, ammo men ular qila olmaydigan vazifani uddalayman.

- Masalan?

- Himoyaga yordam berish, chiziqlar orasida o'ynash. Hujumda doimo shiddatga borish, raqibni aldash kerak. To'p yo'qotilganda uni tezroq qaytarishga urinish uchun to'g'ri joyda turish zarur. Imkon qadar yaqinroq joylashib, bir-birimizga yordam beramiz. Mana gap nimada. Umumiy vazifalarni ado etib, haqiqiy kuchga aylanamiz.

- CHempionlar ligasini ketma-ket ikki bor yutgan birinchi jamoaga aylanish sizlarning maqsadingizmi?

- To'g'risi, har bir o'yinda zafar quchish bizning maqsadimizdir. Albatta, turnirni ikkinchi bor yutishni istaymiz, lekin o'tgan yili g'alaba qozonganimiz sababligina emas. Har bir uchrashuv va turnirda g'olib chiqish asosiy vazifamiz hisoblanadi. Boshqalarni hurmat qilgan holda doimo g'alaba qozonishni xohlaymiz.

CHempionlar ligasini yutishni xohlash uchun qo'shimcha sabab yoki ishtiyoq kerak emas. CHempionlar ligasini ketma-ket yutgan jamoaga aylanish yoqimli, shunday bo'lishiga umid qilamiz. Lekin La liga biz uchun nufuzliroq va qiyinroq musobaqa sanaladi.

- Rostdanmi?

- Ha, u yil bo'yi davom etadi, bu kundalik non kabidir. Undan keyin xalqaro musobaqalar turadi. Ispaniya, keyin Evropada eng yaxshi bo'lib, klublar o'rtasidagi jahon chempionatini yutish mumkin. Maqsadga asta-sekinlik bilan, qadamma-qadam boramiz.

- Futbolchi qaerda ko'proq rohat oladi: “Kamp Nou”da treblni nishonlash paytidami yoki maydonda?

- Maydonda, u erda adrenalin ko'proq.

- CHempionlar ligasidagi gol faoliyatingizdagi eng muhim golmi?

- SHubhasiz! O'shanda his qilgan narsalarimni so'z bilan tasvirlab berolmayman. Men faqat sheriklarimni emas, balki butun stadionni quchoqlashni xohlardim. Rafiqam, qizim, oilam va do'stlarim haqida o'ylardim. Bu ajoyib bo'lgandi, barcha o'sha uchrashuvni ko'rdi, sen esa jamoangga shunday yordam berasan.

- O'yindan keyinoq dush qabul qilgani ravona bo'ldingiz.

- Dushga kirishdan avval qo'shiq va raqslardan keyin kiyinish xonasiga qizimni olib kelishdi va u qanday ekanligimni so'radi. Bundan baxtliroq lahzamni eslay olmayman, to'g'risi.

- G'alaba – tasirchan dorilar kabimi?

- Ha, doimo ko'prog'ini xohlaysan, o'sib borishni istaysan. G'alaba qozonishning o'zi kamlik qilib qoladi, bu yorqinroq o'yin bilan qilish maqsadi tug'iladi. Biz yaxshiroq bo'lishimiz kerak bir necha jihatlar mavjud. Masalan, “Sevilya”ga qarshi bellashuvda raqibning hisobda oldinga o'tishiga yo'l qo'ydik.

- Ha, lekin raqibga ham ko'p narsa bog'liq.

- Albatta, ammo birinchi navbatda o'zimiz ko'p narsani bajarishimiz mumkin. Tavakkalni kamaytirib, raqibga umuman imkon bermaslik lozim. Bu imkonsiz, lekin shunga harakat qilish kerak. Bu uddalanganda o'zingni juda ajoyib his etasan.

- Futbolning yorqin bo'lmagan taraflari haqida qanday o'ylaysiz? Unchalik do'stona emas, shundaymi?

- Albatta, bir qancha bosim hamisha bor, lekin bunday narsalarga etibor qilish kerak emas. Vazifamiz – maydonda eng yaxshi ekanimizni ko'rsatishimiz lozim. SHuning uchun biz har bir turnir va uchrashuvda g'alaba sari kurashamiz.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика