So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Ivan Boshkovich: "Shogirdlarimga hech qanday etiroz yo'q, "Buxoro"ni finalga chiqqani bilan tabriklayman" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Shogirdlarimga hech qanday etiroz yo'q, "Buxoro"ni finalga chiqqani bilan tabriklayman"

O'zbekiston Kubogi 1/2 finaldan o'rin olgan "Buxoro" - "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Avvalo "Buxoro" jamoasini Kubok finaliga chiqqani bilan tabriklayman. Ular birinchi bor finalda ishtirok etishadi va omad tilayman. O'yin haqida nima deyishim mumkin, juda qiziq bahs guvohi bo'ldik. Ikkita gol o'tkazib qiyin vaziyatga tushib qoldik, keyin esa ikki bor to'p kiritib muvozanatni tikladik.

Biz raqibning kuchli tomonlarini bilardik. "Buxoro" standart vaziyatlarda va to'pni uzoqqa uzatishlarda yaxshi o'yin ko'rsatadi. Tanaffusda kerakli ko'rsatmalarni berdik, futbolchilarga qo'lni tushirmaslikni aytdik. Maydonga chiqqach o'z vaziyatimizni kutdik, gol urishimizni bilardik.

Ekstra taymlarda ham bor kuchni berdik. "Buxoro" ham yaxshi o'yin ko'rsatdi, jarima maydonimiz ichida va atrofida ko'p marta bosim o'tkazdi. Raqib safida yosh yigit uzoqdan juda chiroyli gol urdi. U to'pga zarba berishni ustalik bilan amalga oshirdi.

Shogirdlarimga hech qanday etiroz yo'q, bugun hamma borini berib harakat qildi. Xarakter ko'rsata oldik. Sifatli o'yin namoyish etdik deb o'ylayman. Kubok bahsi yarim finalga xos tarzda kechdi. Oldinga harakat qilishda davom etamiz. Ruhiy zarbani qabul qilib olgan bo'lishimiz mumkin, lekin bu bilan to'xtab qolmaymiz. Jamoamiz kuchli futbolchilardan iborat.

- "Buxoro" birinchi bo'limda tezkor ikkita gol urdi. Bu sizning rejalaringizga tasir qildimi?

- Biz raqib taklif etadigan har qanday o'yinga tayyor edik. Albatta, oson bo'lmasligini bilardik. Raqib o'z maydonida, o'z muxlislari qarshisida to'p tepdi. Bu ham ustunlik berdi. Biz ham harakat qildik, lekin raqib imkon bermadi. To'g'risi, penaltilar seriyasi bo'lishini kutdim, biroq uzoqdan yo'llangan zarba golga aylandi va shu bilan hammasi tugadi.

- Doriev to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'rinda boryapti. Ammo bugun uning omadi kelmadi.

- Agar assistlari bilan qo'shib hisoblasak, Doriev birinchi o'rinda ketyapti. Bilasizmi, har o'yinda bir xil harakat qilishning imkoni yo'q. Doriev yaxshi futbolchi, lekin raqiblar ham unga qarshi o'ynashadi. Bazi hollarda uni yopib qo'yishadi. Doriev gol urmagani uchun yutqazdik degan fikrdan yiroqman. Futbolda har qanday holat uchrab turadi. Men hamma futbolchilarimga rahmat aytaman. Bugun jamoamiz yomon harakat qilmadi, faqat aytib o'tganimdek uzoqdan kiritilgan gol o'yinga nuqta qo'ydi. Afsuslanish kerak emas, chunki yaxshi o'yin ko'rsatdik. Bugun bemalol uxlasak bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика