So’nggi yangiliklar

04:26Анвар Бердиев: "Ҳимоявий футбол тарафдори эмасман, ҳамма билан ҳужумкор ўйнаймиз"  2 03:07Вадим Абрамов: "Илк голимизни уриб олгач рақиб очилди"  1 02:45Иван Бошкович: "Рақиб қандай ютганидан кўра, ўзимиз шундай ютқазганимизни афзал кўраман"  2 02:16Виталий Левченко: "Ҳимоявий ўйнадик? Асосийси натижа"  0 01:52А Серия. "Болонья" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  4 00:05Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида ғалаба қозонди, "Сўғдиёна" автогол урди, "Динамо" эса сафарда ишончли ҳисобда зафар қучди  0 23:36"Реал" бир неча ҳафтадан бери Салибанинг вакиллари билан музокаралар олиб бормоқда. "Арсенал" ҳимоячиси - испанияликларнинг устувор мақсади  2 23:02А Серия. "Рома" ўз уйида "Фиорентина"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўринга кўтарилиб олди, Шомуродов ғалаба голига ассистентлик қилди  45 22:27АПЛ. "Челси" ўз уйида ўтган турда чемпионликни расмийлаштирган "Ливерпуль"ни мағлуб этди  21 22:25Бундеслига. "Байер" очко йўқотди, "Бавария" — 2024/25 йилги мавсум чемпиони! Кейнда илк соврин  6 22:21Суперлига. "Динамо" "Шўртан" майдонида ишончли ғалабага эришди  32 22:08Левандовски "Интер" билан баҳсда ҳаракат қилиши мумкин, Бальде эса ўйинда иштирок этмайди  2 21:41"Пиза" 34 йилдан сўнг А Серияга қайтди  7 21:10ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда "Қорабоғ"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов эса захирадан майдонга тушди  3 21:07"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ўйинчиси билан музокараларни бошлади  3

Ivan Boshkovich: "Raqib qanday yutganidan ko'ra, o'zimiz shunday yutqazganimizni afzal ko'raman" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Raqib qanday yutganidan ko'ra, o'zimiz shunday yutqazganimizni afzal ko'raman"

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich Superliga 8-tur doirasidagi "Neftchi" (1:2)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Biz ajoyib futbol o'ynadik deb o'ylayman. Yaxshi natija emas, ammo Farg'onada ko'rsatgan o'yinimizdan faxrlanaman. Ikkita xato o'yin taqdirini hal qildi, boshqa barcha ko'rsatkichlarda raqibni mag'lub etdik. Ko'plab gollar urishimiz mumkin. Raqibni g'alaba bilan, yigitlarimni esa mavsumdagi eng yaxshi o'yinlari bilan tabriklayman. "Neftchi" bugun qanday yutganidan ko'ra, o'zimiz shunday yutqazishni afzal ko'raman. O'yin bo'yicha ko'prog'iga loyiq edik, ammo sportda doim ham eng yaxshisi g'olib bo'lavermaydi.


— Levchenkoning taktikasi huddi "Inter"nikidek. Ular ikkita vaziyatdan ikkita urishdi. Nima deb o'ylaysiz, bugun taktika bo'yicha unga yutqazdingizmi?

— Unday deb o'ylamayman. Barchasi rejalarimiz ishladi. Ular bugun mudofaadan o'ynashdi. Ular zich o'ynashdi, bu ham yaxshi narsa, ammo bunday vaziyatda gol urishimiz qiyin.

— Turkiyadagi yig'in doirasida kichik intervyu bergandingiz. Unda "Neftchi" bunchalik o'yinchilarni o'zgartirib, chempion bo'lolmasligini aytgandingiz. Bugun "So'g'diyona" mag'lub bo'ldi, ular shunday o'yin bilan chempion bo'lishi mumkin deb hisoblaysizmi?

— Siz meni noto'g'ri tushungansiz. Menga bunday loyiha va falsafaga ishonmayman. Futbolda oldindan aytib bo'lmaydi, bu mening shunchaki futbolni qanday ko'rishim. Men har yili eng yaxshi o'yinchilarni olgandan ko'ra mashg'ulot va poydevor orqali vaqt bilan erishiladi deb o'ylayman.

Stadion xodimi yoki milliy gvardiyami kim, bilmadim. Ammo, menga tegmasliklarini xohlardim. Bu futbol, emociya, hammasi shu erda qoladi. Meni o'g'lim va qizim kuzatadi, ular meni qandaydir jinoyat qilgan deb o'ylashlari mumkin. Endi uni uyga borganda tushuntirishim kerak. Bu birinchi marta emas, iltimos qilaman. Hech qanday yomon narsa qilganim yo'q.

— Yosh hujumchi Hoshimovning maydonga tushirilishi Dorievning qattiq qo'riqlanishi sababmi?

— Barcha o'z poziciyasida o'ynadi. Hoshimov o'tgan o'yinda ham markaziy hujumchi sifatida harakat qilgandi. "Neftchi" ham biz qanday o'ynashimizni biladi, hech qanday sir yo'q. U o'ynashga loyiq bo'ldi va maydonga tushdi.

— Boshkovich o'tgan yili "Nasaf"ni ikki bor mag'lub etgan, "Neftchi"ni Farg'onada mag'lub etgan. Bu mavsum natijalar pasaygandek, bu haqda nima deysiz?

— O'yin yaxshi, ammo natijalarimiz nostabil. Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Bugun ham ular xatolarimizdan foydalanib ketdi va bu ham bir mahorat. Bu futbol. Ammo, yana qayta aytaman, bugun "Neftchi" qanday yutganidan ko'ra, biz shunday yutqazganimizni afzal ko'raman. Vaqti bilan hammasi yaxshi yaxshilanadi, hali hamma jamoalar Jizzaxga keladi.



Reyting: +3   

Fikrlar

   
05 may 06:13:34
Doktor D
Утган йили сугдиена хам худди шундай гол урволиб химояга етиб вакт чузиб ютган Жиззахда хам Фаргонада хам шунака футбол килган хатто кубокда хам
Фаргонада ундан олдинги йили вратари сувини бахона килиб жанжал кутарган бу футбол жаноб Бошкович ва Узбекистондасан жанжал килаверсанг подвалга хам олиб кириб куйишади охири...
   
05 may 05:05:18
Кодиржон
Ман сугдиена мухлиси эмасман одий мухлис сифатида легеонер тренерлардан Бошковичди енг зури деб биламан сугдиена зур уйнаябти канакадир бироз омад етишмаябти ютказган уйинларидаям жамоа жангкилиб ютказди омад бошковичга сугдиенага
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика