Ivan Boshkovich: "Qanotdan uzatmalar amalga oshirdik, biroq uzatmalar sifati kerakli darajada bo'lmadi"
01 iyu 2023 22:42
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Qanotdan uzatmalar amalga oshirdik, biroq uzatmalar sifati kerakli darajada bo'lmadi"
"So'g'diyona" hamda OKMK o'rtasidagi Superliganing qoldirilgan 8-tur o'yinidan (1:2) so'ng mezbon jamoa ustozi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ivan Boshkovich: "O'yin qiyin o'tdi. Raqib kuchli, sifatli futbol namoyish etishini bilardik. Futbolchilari ham individual mahorat bobida bizdan biroz ustunroq. Bunday xatolar qilamiz deb kutmagandik. Birinchi goldan so'ng ruhiyatda o'zgarish ro'y berdi, tanaffusda yigitlar ruhiyatiga tasir qilishga urindim. Ammo mag'lubiyatdan qutilib qola olmadik. Qanotdan uzatmalar amalga oshirdik, biroq uzatmalar sifati kerakli darajada bo'lmadi. Bitta gol urishga erishdik, ammo raqib munosib g'alabaga erishdi. Hammasini mayda detallar hal qildi".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar