Ivan Boshkovich: "O'yinimiz sifatidan ko'nglim to'lmadi"
21 okt 2023 22:17
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "O'yinimiz sifatidan ko'nglim to'lmadi"
Coca Cola Superligasi 22-turi doirasidagi "So'g'diyona" - "Andijon" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.
Ivan Boshkovich: "Natijadan ko'nglim to'lgani yo'q. O'yinimiz sifati past. Jamoamdan bunday o'yinni kutmagan edim. G'alaba qo'limizda edi... Avvalgidek yaxshi harakat qilishimiz lozim, aks xolda istalgan raqibga qarshi bahsdagi natija lotereyaga aylanib ketadi. Bahsdan kerakli xulosalar chiqarib, xatolarni to'g'irlaymiz. Bu jamoa faqat avvalgi o'yini bilan raqobatbardosh, raqibga muammo tug'dira oladigan bo'lishi mumkin.
Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Ular oxirigacha o'ynashga harakat qilishdi. Bizning himoyachimizga berilgan ikkinchi sariq kartochka bahs natijasiga tasir o'tkazdi. SHundan so'ng ular ikkinchi golni urishdi. Kamchilikda bitta vaziyat yaratdik. Qaytaraman, o'yinimiz sifatidan ko'nglim to'lmadi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar