So’nggi yangiliklar

16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  0 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  3 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1

Ivan Boshkovich: "Bu g'alaba yosh futbolchilarning ishtiyoqi va "qaynoq qoni" evaziga qo'lga kiritildi deb o'ylayman" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Bu g'alaba yosh futbolchilarning ishtiyoqi va "qaynoq qoni" evaziga qo'lga kiritildi deb o'ylayman"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich Coca Cola Superliganing 20-turi doirasida o'tkazilgan "Navbahor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Juda qiyin o'yin bo'ldi, shunday bo'lishini bilardik. Raqib kuchli, yaxshi futbolchilarga ega edi. O'z jamoamga kelsak bugun chiroyli o'yin ko'rsata olmadik. Rejamiz o'zgarishiga kutilmagan jarohat sabab bo'ldi. Tanaffusda yana taktikani o'zgartirdik. Eng asosiysi shunday holda ham g'alaba qozona oldik. Bu yosh futbolchilarning ishtiyoqi va "qaynoq qoni" evaziga qo'lga kiritildi, deb o'ylayman",- deydi Boshkovich. 

- Bugungi VAR haqida nima deysiz? 

- Hakamlik haqida gapirishim noto'g'ri bo'lsa kerak. Hakamlikni baholaydigan komissiya bor. Ular o'z ishini qilsin. O'zbek futboli rivojlanishi kerak. Barcha jabhalarda, faqat hakamlikda emas. Bu erda ko'plab yuqori darajadagi futbolchilar ko'p. 

- SHunchaki sizning fikringiz qiziq... 

- Men VAR tomondaman. Nimaga? O'zbek futbolida xatolar kamroq bo'lishi uchun VAR kerak. Xatolar bo'ladi, ammo ular ko'payib ketmasligi kerak. 

- "Bunyodkor" ko'p o'yinlarda ikkinchi raqamda o'ynaydi. Bu xalal bermaydimi? 

- Biz har bir raqibga alohida tayyorlanamiz. Bugun oldingi o'yindagi taktikada o'ynamadik. Tarkibimizda bugun necha nafar akademiyamiz tarbiyalanuvchilari maydonga tushdi, ular necha yoshda? Nega shu haqda so'ramayapsizlar? Bugun yosh futbolchilar uchun katta g'alaba bo'ldi. Bunday "Navbahor"ga qarshi g'alaba katta natija.

- Jarohat olgan futbolchi Toxir To'xtasinovning holati qanday?

- Menga uning oyog'i sindi deyishdi va mavsum tugadi. U o'zbek futbolining kelajagi.




Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика