So’nggi yangiliklar

21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  1 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  0 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  1 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  25 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  19 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  14

Italiyaning siz bilmagan termasi: Kannavaro, Del Pero va boshqa mashhurlar jamoasi Yangiliklar

Italiyaning siz bilmagan termasi: Kannavaro, Del Pero va boshqa mashhurlar jamoasi

“Bugungi zamonda nafaqat futbol, balki butun dunyo o'zgarib ketmoqda. Men o'yindan avval yosh futbolchilar suratlarini instagramga joylashtirayotganini ko'rsam, ularni do'ppoclagim keladi”.

“Roma” sardori Daniele De Rossi bita bilan hech qachon hech kimni urmagan. U jahlini jilovlay olardi. Lekin “Corriere dello Sport”ga bergan intervyusida yoshlarning o'zini tutishi, ularning xatti-harakatlarini keskin tanqid qildi. Buning uchun De Rossini eski zamondan qolib ketgan inson deb kstidan kulishdi. Hattoki, bazada ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi degan qoida joriy qilgin deb mazax qilishdi. Eng yaxshisi — instagram, tvitter va feysbuk “jinnilarini” armiyaga jo'natib yubor, u erda “haqiqiy erkak” bo'lib qaytishadi degan kesatishlar ham bo'ldi.

De Rossining armiyada xizmat qilmagan. SHu sababli, bunday gaplar unga og'ir botishi mumkin. Demak, yuqoridagi gapdan kelib chiqadiki, Daniele – haqiqiy erkakmasmi? Armiya insonni tarbiyalaydi deb hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda, o'z vaqtida qattiq tartib-intizom o'rnatilgan futbol jamoalari haqida ham shunday deyishardi. SHunday vaqtlarning birida De Rossi “Roma”ga kelgan. Yigitcha o'shanda 18 yosh edi. Jamoa kazarmadek bo'lmasa ham, rahbarlar xuddi oficerlardek qattiq qo'l edi. Aldair, Valter Samuel, Kristian Panuchchi, Kafu, Franchesko Antonoli, Damyano Tommazi, Emerson, Franchesko Totti, Vinchenco Montella, Marko Delvekkio, Fabio Kapellodan iborat bo'lgan jamoada xohlasangiz ham, xoxlamasangiz ham tartibli bo'lishga harakat qilib, yaxshi tarbiyaga ega bo'lasiz.


Avvalgi o'yinchilar bir-birlari bilan nafaqat futboldagi, balki hayotdagi tajribalari bilan o'rtoqlashardilar. 90 yillarda Italiyada o'yinchilarning hayoti faqat futbol bilan chegaralanib qolmasdi. Ularni bir yillik harbiy xizmatini o'tab berishlari majburiy edi. Roberto Manchini va Paolo Maldini 1988 yil A Seriya jamoasining asosiy tarkibida “xizmat qilish” uchun kelishdi — “Sampdoriya” va “Milan”ga kelishdi. Mamlakatning eng iqtidorli o'yinchilarini jurnalist va fotograflar har daqiqada kuzatib yurishardi. Na klublar, na xarbiylar tavakkal qilgilari kelmasdi. Birgina yo'l — yangi qabul qilinganlar Italiya harbiy terma jamoasi tarkibida maydonga tushishlari edi.

SHu haqida hech eshitganmidingiz? Etiborlisi shundaki, u mamlakat asosiy jamoasiga qaraganda, muvaffaqiyatliroq bo'lgan. Italiya harbiylari termasida Jahon CHempionati 15ta medali bo'lgan: 8ta oltin, 4ta kumush va 3ta bronza. To'g'ri, ular 1997 yildan beri finalga chiqolganlari yo'q: 2000-yillar boshida professional futbolchilarga harbiy xizmatga borish majburiyati bekor qilindi. Bu esa termaning natijalariga salbiy tasir ko'rsatdi.

1987 yil hal qiluvchi o'yinda Germaniya ustidan g'alaba qozongan jamoa tarkibida CHiro Ferrara va Janluka Vialli bor edi. O'sha paytlar “Sampdoriya” tarkibida to'p tepgan Vialli o'yinda gol urgan. SHu bilan bir qatorda, nemislar tarkibida ham professional o'yinchilar talaygina edi. Masalan, Bodo Illgner va Oliver Birxoff. Lekin o'sha damlarda Italiya bu chempionatlarda hukmronlik qilardi. SHuning uchun, 1995 yildagi muvaffaqiyatsizlik sensaciya bo'lgandi.

1995 yilda Nikola Amoruzo (“Yuve” tarkibida uch karra Italiya chempioni bo'lgan, A Seriyada 113ta gol urgan), Franchesko Flaki (“Sampdoriya”da 40ta gol urgan), Fabio Galante (A Seriyaning “Inter”, “Torino” va “Livorno”sida to'p tepib, umumiy 300dan ortiq bahsda maydonga tushgan), Evropaning bo'lajak vice-chempionlari Stefano Fore va Marko Delvekkio, Fabio Kannavaro va Alessandro Del Pero ham Italiyada o'ynagan. Sandro “Yuventus” bilan chempionatda g'olib bo'lgan. Terma bosh murabbiyi Jennaro Oliveri ham yosh yulduzning chin dildan mehnat qilayotganiga hech qanday etirozi bo'lmaganligini takidlagan.


“O'shanda Kannavaro faoliyatini endigina boshlagan edi. Lekin Del Pero Skudettoni qo'lga kiritdi, asosiy tarkibda ishtirok etdi va CHempionlar Ligasida ham gol urishga muvaffaq bo'ldi. Lekin u shunda ham hech kimga past nazar bilan qaramagan. Esimda, biz Kalabriyada og'ir kasallikka chalingan bir bolakay uchun xayriya o'yinini tashkillashtirgan edik. Del Pero “Yuventus” bilan Germaniyaga jo'nab ketgan edi. Unga qo'ng'iroq qildim va shunday dedim: “Bu ish qo'lingdan keladimi yoki yo'q, buni bilmayman. Lekin bolaning ota-onasi senga shuni etkazishimni iltimos qilishdi: bolakay seni ko'rishni istagan ekan”. Ishonasizmi, Alessandro o'sha kuniyoq uchib keldi. Men uni juda ham hursat qilaman. Uning bu ishini hech qachon yodimdan chiqarmayman. Haqiqiy askar o'z vataniga sodiq bo'lganidek, Del Pero ham jamoaga vafodor edi. U o'sha ish tufayli bizga va muxlislariga bo'lgan muhabbatini namoyon etgan”.

Armiya termalari o'rtasidagi Jahon CHempionati-1995 Rimda bo'lib o'tgan. Aslida turnir mezbonari kuchli edi. Harbiylardan tashkil topgan jamoa ularni yanada mustahkamlab, favorit qilgan edi. “Adzurri” guruhdagi uch o'yinda ham g'alaba qozondi (Niderlandiya, Liviya va Senegal) — umumiy hisob 15:2 bo'ldi. Ular chorak finalda Kipr bilan to'qnash keldilar. Ana o'sha bahsda sensaciya sodir bo'ldi. Del Pero bitta gol urdi, raqib jamoa bunga 2ta gol bilan javob qaytardi. Biroq uchrashuvning eng kutilmagan holati — italiyaliklar uchrashuvni 7ta o'yinchi bilan yakunladilar.

Del Pero, Kannavaro, Delvekkio va Povanelli qizil kartochka oldi. Final hushtagidan keyin Italiyaning bir nechta o'yinchilari tunnelda hakamga tashlanishdi. Bu ularga qimmatga tushdi: FIFA tomonidan tashkil qilinadigan xalqaro o'yinlardan chetlashtirilishdi. Ular orasida Flaki, Amoruzo va Fore bor edi. Aslida nima bo'lgan edi? Afsuski, bu haqida malumotlar juda kam. Del Pero ham, Kannavaro ham ko'p sonli intervyularida buni gapirishni istamashgan. Biroq 19 yillik faoliyati davomida Alessandroni faqat ikki marotaba o'yindan chiqarib yuborishdi. CHunki uning jahlini chiqarish qiyin edi.

Oliverining fikricha, Rimdagi mag'lubiyatning o'ziga yarasha oqibatlari bor edi. “Men o'shanda yigitlarga shunday dedim: “Sizlar ajoyib o'yinchi, yaxshi insonsizlar. Hali hammasi oldinda. Kelgusida siz yuqori cho'qqilarni zabt etishingiz kerak. To'g'ri, armiya Jahon CHempionatida g'olib bo'la olmadik. Nasib qilsa, sizlar haqiqiysini qo'lga kiritasizlar”. Jennaro o'shada balki o'zini yaxshi ko'rsatmoqchi bo'lgandir. Ehtimol, haqiqatdan ham ularning iqtidorini sezgandir. SHunisi malumki, oradan 11 yil o'tib, Kannavaro va Del Pero Berlinda Jahon Kubogini qo'lga kiritgan.

"Skuadra Adzurra" Jahon CHempionatida zafar quchganda, armiya termasi yo'q bo'lib ketgandi. XXI asrda futbolni hammadan ham yaxshiroq SHimoliy Afrika va yaqin SHarq jamoalari o'ynashmoqda – 2001 yildan buyon musobaqada Misr termasi uch bor g'olib bo'ldi, ikki marta Jazoir, bir martadan Iroq va Ummon zafar quchdi. Aynan Ummon termasi bugungi kunda amaldagi chempion hisoblanadi. 2003 va 2005 yillarda Italiya Jahon CHempionatlarida tarkibiga professionallarni qo'shmay ishtirok etdi, 2007 yildan buyon esa butkul ushbu musobaqada qatnashmay qo'ydi. Janubiy Koreyaga yarim finalda, Misrga chorak finalda boy berilgan uchrashuvlar – yo'q bo'lib ketgan jamoaning so'nggi yutuqlari hisoblanadi.


Nozima Zaripova tarjimasi 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика