Italiyaning oliy divizioniga chiqqan B Seriya jamoasi nomi malum bo'ldi
02 may 2023 02:26
Yangiliklar


Italiyaning oliy divizioniga chiqqan B Seriya jamoasi nomi malum bo'ldi
B Seriyada muvaffaqiyatli o'ynab, A Seriyaga ko'tarilgan jamoa nomi malum.
2006 yilda Italiya bilan jahon chempioniga aylangan Fabio Grosso va uning qo'l ostidagi "Frozinone" bugun "Rejina"ni mag'lub etdi (3:1) va muddatidan avval A Seriya yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Ular 71 ochko bilan jadvalda etakchilik qilishmoqda. Mavsum tugashiga 3 tur qolganda "Frozinone" pley-off o'yinlarida ishtirok etishga imkon beradigan 3-o'rin vakilidan 13 ochko oldinda.
"Frozinone" o'z tarixida 3 marta A Seriyada ishtirok etadigan bo'ldi. Ular dastlab 2015/16, keyin 2018/19 mavsumlarda yuqori ligada ishtirok etishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar