Italiyaning aravasi qovoqqa aylandi
21 iyu 2014 16:12
Yangiliklar
“La Gazzetta dello Sport”ning bugungi sonidagi sarlavha “Italiyaning qo'rqinchli tushi” deb nomlanadi. Bu gazeta muallifi Andrea Monti Resifisdagi voqeani “Kuloy (Zolushka)” hikoyasiga o'xshatdi. Angliya bilan o'yin chiroyli bal edi, keyin esa barchasi tugadi – arava qovoqqa aylandi, otlar esa sichqonga. Toj haqidagi, yani chempionlik kubogi haqidagi orzular, guruhdan chiqib ketmaslik borasidagi qo'rquvlarga aylandi. Urugvayning Kosta-Rikadan uchragan mag'lubiyati, urugvayliklarning kuchsizligidan emasligi aniqlashdi.
Andrea Monti Kosta-Rika Italiyani taktik jihatdan ham yutganini o'zgacha holat deb hisoblaydi. Kostarikaliklar 4-5-1 dan 3-4-3 ga, keyinroq esa 5-4-1ga o'zgarishdi. Italiyachi? Ularda hatto himoya oqsayotgandi. Abatening o'yini yopishmadi, Kandreva huddi ko'rinmas jangchi kabi o'z jarima maydonchasida hamma to'plarni o'tkazib yubordi.
Hujumda ham ishlar yaxshi emas. Monti Verattisiz italiyaliklarni harakatini o'qib olish oson deb hisoblaydi. Balotelli tomon havodan etkazib berilgan to'plar faqat o'yindan tashqari holatlar bilan yakun topdi. Tanqidning bir qismi Balotelliga ham tegishli. Unga namuna Suares bo'lishi kerak, chunki urugvaylik futbolchi yorqin futbol namoish etmagan bo'lsada, g'alabani o'z tomoniga og'dira oldi. Aynan shu jihatlar futbolchilarni ajratib turadi. So'nggi turda Luis va Mario yuzma-yuz kelishadi. “Bizning terma jamoa ishonchimizga loyiq va Kosta-Rikadan uchralgan mag'lubiyat qo'rqinchli haqiqat emas qo'rqinchli tush bo'lishni xohlaymiz” – deydi muallif.
Baho – “qoniqarsiz”
“La Gazzetta dello Sport”dagi baholarni ko'rib chiqamiz. Italiyaning jamoaviy bahosi 10 baholik shkala bo'yicha 4 ga arzidi, Kosta-Rika – 8. Italiyaliklar safida eng yomon baho olgan futbolchilar bu: Kellini, Abate, Tyago Motta, Kandreva, Balotelli, Kassano. Ular hammasi 4 bahoga loyiq ko'rildi. Eng yaxshi baho Buffon va Pirloda, ular 6 olishgan. Gazetada yozilishicha , birgina Andrea Pirlo o'zgacha usullar ishlatib, bu holatdan chiqib ketish yo'lini izlagan.
Kosta-Rika safida yagona gol muallifi Brayan Ruis, yarim himoyachi Bolanos va himoyachi Gonsalis 7,5 baho olishgan. ”La Gazzetta dello Sport”ning asosiy g'oyasi, italiyaliklar o'z o'yiniga munosib natijaga erishdi. Bu fikrga bosh murabbiy CHezare Prandelli ham qo'shilgan.
Etti kishi doping-testda
Italiyaning boshqa bir nashri, “Corrire dello Sport” esa jamoa duch kelgan muammolar haqida yozdi. Italiya Urugvay bilan uchrashuvda de Rossisiz o'ynashi mumkin. Yarim himoyachi kechagi bahsda juda kuchli hansirab harakat qilayotgandi. Norasmiy malumotlarga ko'ra, futbolchining oyoq mushaklari lat egan va seshanba kungi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin.
Kosta-Rikada esa o'zga muammo: jamoaning naqd etti futbolchisi echinish xonasidan doping-testga jo'natildi. Ammo bir jamoadan faqatgina ikki kishi bu testga yuborilishi kerak. Jurnalistlarning taxminiga ko'ra, barcha shubxadan qutilish uchun FIFA maxsus tekshiruv o'tkazdi. Ammo FIFA vakilining so'zlariga ko'ra, Kosta-Rikaning barcha futbolchilari mundialdan oldin bu tekshiruvdan o'tishmagan. Natijalar faqatgina futbolchi qonida taqiqlangan moddalar topilsagina malum qilinadi.

Fikrlar