Italiyaga uchishi kerak bo'lgan Kavani nega MYU qaydnomasidan chiqarildi?
17 mar 2021 21:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625842_original.jpg)
![](/upload/storage/625842_220.jpg)
Italiyaga uchishi kerak bo'lgan Kavani nega MYU qaydnomasidan chiqarildi?
Evropa Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan “Milan” – MYU o'rtasidagi javob o'yini 19 martga o'tar kechasi soat 01:00 da start oladi.
Mazkur bahs uchun elon qilingan 21 kishilik qaydnomadan hujumchi Edinson Kavani ham joy olgandi. Biroq, u Italiya uchmaydigan bo'ldi va ro'yxatdan chiqarildi.
“Donni van de Bek, Pol Pogba va David De Xea qaytganidan xursandmiz. Ular muhim futbolchilar.
Afsuski, Kavani bugungi mashg'ulotlarda yaxshi ishlay olmadi, u biz bilan uchishga tayyor emasligini his qildi.
Erik Bayini tekshiruvdan o'tmoqda. U o'ynashga tayyorligini aytishi mumkin edi, ammo bugun u mashg'ulot o'tkazmadi”, deydi Ole-Gunnar Sulsher.
Evropa Ligasi. MYU “Milan”ga qarshi bahs uchun futbolchilar qaydnomasini elon qildi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar