Italiyada o'tgan yilning eng yaxshi murabbiyi elon qilindi
03 fev 2020 20:28
Yangiliklar


Italiyada o'tgan yilning eng yaxshi murabbiyi elon qilindi
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini Italiyada yil murabbiyi bo'ldi.
Gasperini ovoz berish yakunlariga ko'ra, birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yil murabbiyiga "Oltin stul" sovrini sovg'a qilindi. Ushbu sovrin mutaxassis faoliyatidagi birinchisidir.
Yakunlangan mavsumda "Atalanta" uning qo'l ostida A Seriyada 3-o'rinni egalladi va Italiya Kubogi finaliga qadar etib bordi. SHuningdek, "Atalanta" ECHLda guruh bosqichiga o'tib oldi. Ayni damda uning jamoasi A Seriyada 4-o'rinda ketmoqda.
Gasperini ushbu sovrin uchun kurashda "Yuventus"ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri hamda "Bolonya" ustozi Sinisha Mixaylovichni ortda qoldirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar