Italiyada 28 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya. Rekordga oz qoldi
12 iyu 2021 08:57
Yangiliklar
Italiyada 28 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya. Rekordga oz qoldi
Italiya terma jamoasi Evro-2020 doirasida Turkiyani 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Roberto Manchini jamoasi bu orqali mag'lubiyatsiz seriyani 28tagacha etkazdi. Bu terma jamoa tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Rekord 1935-1939 yillar davomida o'rnatilgan. O'shanda Italiya terma jamoasi Vittorio Pocco boshchiligida ketma-ket 30 ta o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmagan.
Eslatib o'tamiz, Manchini 2018 yilning may oyidan buyon Italiya terma jamoasini boshqarib keladi.
Fikrlar