So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  1 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  7 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

"Yuventus" Italiya Kubogi finaliga chiqdi Yangiliklar

"Yuventus" Italiya Kubogi finaliga chiqdi

Italiya Kubogi yarim finali javob uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Yuventus – Inter 0:0 

«Alyanc Stedium»

Yuventus – Buffon, Demiral, Aleks Sandro, Danilo, de Ligt, Kuadrado (Kellini, 82), Rabo, Kulusevski (Keza, 87), Bentankur, Bernardeski (Makkenni, 63), Ronaldu.

Inter – Xandanovich, Darmian (Perishich, 57), de Vrey, SHkrinyar, Xakimi, Brozovich, Barella, Eriksen (Sensi, 66), Bastoni (Kolarov, 66), Martines, Lukaku.

Ogohlantirishlar: Darmian (13), Aleks Sandro (24), Perishich (65), Brozovich (73).

Birinchi o'yin: 2-1

Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. Buyog'iga shunchaki uzatmalar amalga oshirilyapti. Brozovichning nimadir yaratishga urinib ko'rdi, ammo tajribali Kellini vaziyatni o'z nazorati ostiga oldi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

89. Milanliklar so'nggi daqiqalarga qadar harakat qilishdi. Hozirgi vaziyatda Xakimi Kezaga nisbatan qoidani buzdi.

87. "Yuventus"da almashtirish: Kulusevski o'rnig Keza maydonga tushdi. 

84. Bosh hakam Lukaku hujumda qoida buzganini malum qildi.  

82. "Yuventus"da o'zgarish: Kuadrado o'rniga Kellini o'yinga qo'shildi.

80. Milanliklarning barcha nishonlari "Yuventus" himoyachilari bo'lishyapti. Martinesning chamasi 11 metrdan bergan zarbasi Demiral tomonidan qarshi olindi.

78. To'pga egalik qilish bo'yicha katta uchtunlik mehmonlarda. Turinliklar himoalanayotganiga qaramasdan ko'p vaziyat yaratishmoqda. 

76. Deyan Kulusevski diagonal pas qabul qilib, ichkariga kirib bordi va zarba yo'lladi. Samir Xandanovich to'g'ri joyni tanlab, seyv namoyish qildi.

75. Stefano Sensi burchak zarbasini omadsiz ravishda ijro etdi. 

73. Brozovich Bentankurga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

70. Uuux!  Ronalduning raqiblari ancha ortda qolishdi, Ronaldu uzoq kutib o'tirmadi va uzoqdan zarba yo'lladi, Xandanovich o'z o'rnida. 

69. Lukaku Xakimining ajoyib pasini qabul qilmasdan Raboni o'z jamoadoshlari bilan adashtirib qo'ydi. 

66. "Inter"da 2 ta o'zgarish: Bastoni o'rniga Kolarov, Eriksen zrniga Sensi o'yinni davom ettiradi.

65. Perishich qo'l bilan o'ynadi, bu ham etmagandek hakamga norozilik bildirdi, sariq kartochka. 

65. Krishtianu Ronaldu birga-bir holatga chiqib bordi va darvozaning chap burchagi tomon zarba yo'lladi, Xandanovich o'z vaqtida reakciya ko'rsatib, zarbani qaytarishga erishdi.

63. "Yuventus"da almashtirish: Bernardeski o'rniga Makkenni tushdi. 

61. Eriksendan Bentankur tomon yangi uzatma, hozircha hech bir samarasiz.

58. Xavfli vaziyat! Eriksen raqib jarima maydoni tarafda Lautaroni deyarli golli pas bilan taminladi. Martines Buffonga qarshi chiqib bordi, lekin hujumda fol qayd qilindi.

57. "Inter"da o'zgarish: Perishich Darmianni almashtirdi. 

56. Lukaku va Xakimi o'zaro devor uslubida o'ynashdi, faqat marokashlik o'yinchi o'yindan tashqari holatda qoldi.

55. Darmian chap qanotda Daniloni chalg'itib, uzatmani amalga oshirmoqchi bo'ldi, ammo "Yuventus" himoyachisi yaxshi o'yin ko'rsatdi.

53. Mana ish zarbaga qadar etib bormoqda. Xakimining zarbasi to'qqizlik tomon yo'naltirildi, biroq sal noaniq.

51. Bentankur havodagi kurashda Martines bilan duelga chiqdi. To'p Lautaroning qo'liga tegdi.

50. Barella yugurib ketayotgan Xakimiga pes berdi – Aleks Sandro birinchi bo'limdagiga qaraganda sergakroq.

48. De Ligt Lukakuni nazorat ostida ushlab turibdi. Hozirgi vaziyatda ham u "podkat" orqali Romeluni to'xtatdi.

47. Xakimi o'ng qanotda Matteys de Ligtni fint orqali aldashga urindi, yakunda to'p niderlandiyalik himoyachiga tegib, maydondan chiqib ketdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45. Mauricio Mariani birinchi bo'limga hech qancha vaqt qo'shmadi va jamoalarni kiyinish xonasiga kuzatib qo'ydi.

42. Zarba!  Krishtianu SHkrinyarni chalg'itib, darvoza tomon zarba berdi, ammo to'p yo'liga Brozovich to'g'anoq bo'ldi.

40. Kuadrado Brozovichni aldab o'tishga erishdi, ammo baribir yiqitildi. 

37. Mezbonlar vanihoyat pozicion hujumni boshlashmoqda.

35. Bernardeski "korpus" orqali to'pni egallab oldi va Konte ko'z o'ngida "aut" ishlab oldi, sal keiyn esa xuddi shu joyda to'pdan ayrildi.

32. Barella Lukaku tomon pas yo'lladi, u Demiralni aldadi va o'tkir burchakka zarba berdi. Romelu mo'ljalni aniq ololmagani etmaganday, ofsaydda ham qolib ketgan ekan.

30. "Neradzurri" oxirgi 10 daqiqada raqibni bosimda ushlab turibdi. "Yuventus" jiddiy qiyinchilikka duch kelmoqda.

28. Barella Martines tomon pas berdi, ammo argentinalikni Demiral quvib o'tib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

26. Dahshat! Eriksenning ajoyib uzatmasidan keyin Lukaku yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi, ammo to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Omad kelmadi...

24. Aleks Sandro qo'pollik evaziga Xakimini to'xtatib qoldi va ogohlantirildi.

23. Kristian to'pni yaxshi aylantirdi, Ronaldu qoyilmaqom o'ynab, jamoasi joniga ora kirdi.

22. Bernardeski Xakimiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Eriksen Buffon jarima maydoni ichiga uzatmani amalga oshirishga hozirlanmoqda.

20. To'p nazorati bo'yicha ustunlik "Yuve" tomonda – 68% ga 32%.

18. Xakimiga tibbiy yordam ko'rsatilishi zarur, "Inter" hozircha 10 kishi bo'lib o'ynamoqda.

17. Brozovichning ofsaydda ekanligini aniqlash uchun hakamga deyarli bir daqiqa zarur bo'ldi.

14. Turinliklar raqib jarima maydonida xavfli vaziyatlar yaratishga urinmoqdalar, biroq ko'proq ortga pas berishga to'g'ri kelyapti. Ronaldu va Bernardeski "yopiq".

13. Darmian Ronalduga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

10. Lautaro Martines ichkarida raqib bilan kurashib, yiqildi, ammo hakam qoida buzish yo'q leb hisobladi.

8. Kulusevski Bastonining ustidan to'pni oshirishga harakat qildi, Darmian yordamga keldi va oyog'idan zarba qabul qilib olishga ham ulgurdi.

6. Eriksenning birinchi harakati – u uzatmani qabul qildi va oldinga borib, yiqilib tushdi.

4. Bernardeski chap qanot orqali ichkarida turgan Ronaldu tomon pas uzatdi, ammo Krishtianu niyat qilgan zarba o'xshamadi, de Vrey xalaqit qildi.

3. Lautaro Martines markaziy nuqtada Raboni aldashga urindi, ammo yakunda argentinalik forvard to'pni yo'qotdi va uni qaytarish uchun sal qolsa francuzning libosini yirtib yuborardi.

2. Jamoalar bugun maksimal darajada jangovar tarkibni maydonga tushirgan. "Inter" kamida 2 ta to'p farqi bilan g'alaba qozonishi lozim yoki 2:1 hisobida yutuqqa erishib, qo'shimcha daqiqalarga umid bog'lashi mumkin.

1. O'yin boshlandi! 

"Inter" chigil yozdi mashg'ulotidan suratlar

Mezbonlar stadionda

- Bahs Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi. 

- Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahsda 2:1 hisobida "Yuventus" g'alaba qozongan edi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun Italiya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida "Yuventus" o'z maydonida "Inter"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика