So’nggi yangiliklar

18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   0 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  4 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  32 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  5 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  7 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  6 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  7

Italiya Kubogi. Ronalduning gollari "Yuventus"ga "Inter" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

Italiya Kubogi. Ronalduning gollari "Yuventus"ga "Inter" ustidan g'alaba keltirdi

Italiya Kubogining dastlabki yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Inter – Yuventus 1:2 (1:2, 0:0)
2 fevral, "Djuzeppe Meacca (San-Siro)"
Gollar
: 1:0 – 9 Martines, 1:1 – 26, penalti Ronaldu, 1:2 – 35 Ronaldu.

"Inter" – Xandanovich, Darmian, de Vrey, SHkrinyar, Yang (Perishich, 66), Vidal (Eriksen, 73), Barella, Sanches, Brozovich (Sensi, 85), Bastoni (Pinamonti, 85), Martines.

"Yuventus" – Buffon, Demiral, de Ligt, Aleks Sandro, Kuadrado, Makkenni (Kellini, 90), Rabo, Kulusevski (Keza, 90), Bentankur (Artur, 76), Bernardeski (Danilo, 69), Ronaldu (Morata, 77).

Ogohlantirishlar: Demiral (14), Yang (26), Aleks Sandro (32), Vidal (38), Ronaldu (45), de Ligt (47), Artur (86), Sanches (90), Morata (90).


Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning hushtagi chalindi va ushbu yarim finalning birinchi bellashuvi yakunlandi. 

90+3-daqiqa. Lautaro Martines markazda qoidani buzdi. Hakam jarima zarba belgiladi. "Yuventus" futbolchilari shoshilishmayapti. 

90+2-daqiqa. O'zgarish. Aleksis Sanches hujumda to'pni o'zidan qochirib yubordi va Kezaga nisbatan keskin o'ynagani sabab, sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. Federiko Keza Kulushevskini, Kellini esa Makkennini almashtirdi. 

88-daqiqa. Barella o'ziga nisbatan qo'pollik ishlatishganini hakam tushuntirmoqchi bo'lyapti. 

87-daqiqa. Ogohlantirish. Artur sariq kartochka ishlab oldi. 

85-daqiqa. O'zgarish! Bastoni va Brozovich ketdi, Sensi va Andrea Pinamonti o'yinga qo'shildi. 

83-daqiqa. "Yuventus" himoyachilari raqibga iloji boricha imkon qoldirmaslikka urinmoqda.  

81-daqiqa. Pirlo shogirdlari maydon markaziga yaqin hududda to'pni ushlab turib, raqibni to'psiz harakat qilishga majbur qilishmoqda. 

80-daqiqa. Stefan De Vrey yaqinda maydonga tushgan Morataga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

77-daqiqa. Ronaldu uchun bugungi bellashuv yakunlandi. Uning o'rniga aytib o'tganimiz, Alvaro Morata tushdi. 

76-daqiqa. Bentankur o'rniga Artur o'yinga qo'shildi. 

SHu o'rinda Alvaro Morata o'yinga qo'shilishga tayyorlanmoqda. 

Pirlo shogirdlarini bo'shashmaslikka chaqirmoqda. 

CHililik futbolchi noroziligini yashirib o'tirmadi. 

73-daqiqa. O'zgarish. Arturo Vidal o'rniga Kristian Eriksen o'yinga qo'shildi. 

71-daqiqa. Tezkor hujumni Lautaro Martines yakunlamoqchi bo'ldi, zarba yo'lladi, biroq noaniq. 

69-daqiqa. Federiko Bernardeski o'rniga Danilo tushirildi. 

69-daqiqa. Darmian o'ta qulay imkoniyatdan zarba yo'lladi, lekin Buffon to'p darvozaga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. Bu vaziyatda Aleksis Sanchesning ham faolligini alohida takidlash lozim.  

66-daqiqa. O'zgarish. "Inter" safida o'zgarish amalga oshirildi. Eshli Yang o'rnini Ivan Perishichga bo'shatib berdi.  

61-daqiqa. Eshli Yang to'p uchun kurashda uni o'ziga qo'li bilan to'g'rilab olgani hakam etiboridan chetda qolmadi.  

60-daqiqa. Makkenni va Barelladan "kung-fu" taym". Har ikki futbolchi oyoqlarini baland ko'tarib, to'pga intildi, keyin har ikkisi baland ovozda baqirgancha erga quladi. 

58-daqiqa. "Inter" bosim uyushtirmoqda. Buning oqibatida jamoa ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirmoqda. Lekin to'p Jiji Buffon qo'riqlayotgan darvoza to'ridan boshqa joy olgisi kelmayapti.  

56-daqiqa. Lautaro Martines jarima maydoni ichidan yiqildi va hali to'liq yiqilib ulgurmasidan hakamdan penalti so'rashni boshladi, lekin bosh hakam bunga etibor qaratmadi. 

55-daqiqa. Ajoyib hujum. O'ng qanotdan rivojlangan hujumni Bernardeski kuchli zarba bilan yakunladi, Xandanovich katta qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytarishga erishdi.  

52-daqiqa. "Yuventus" to'pni o'zida saqlab turibdi, Kuadrodaga nisbatan qo'pol o'ynashdi. 

O'yindagi ilk burchak zarbasidan keyin esa xavfli vaziyat yuzaga kelmadi.  

49-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Eshli Yang zarba bilan yakunlamoqchi bo'ldi, lekin Buffon ishonchli o'ynab to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

47-daqiqa. Ogohlantirish. Nikolo Barellaga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun De Ligt ogohlantirildi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, tanaffus. Bo'lim davomida faolroq bo'lgan "Yuve" hozircha hisobda ham oldinda bormoqda.  

45+2-daqiqa. Ogohlantirish! O'ng qanotdan rivojlangan hujum jarima maydoniga uzatma bilan davom etdi, u erda Ronaldu to'pga boshi bilan etolmagach, qo'li bilan o'ynab yuborishni lozim topdi. Hakam esa kechirmadi va Krishtianuga sariq kartochka ko'rsatdi.  

45+1-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy qismida bo'lgani kabi bu daqiqada ham "Yuve" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

42-daqiqa. Birinchi bo'limning o'zidayoq ikkita gol urgan bo'lishiga qaramay, Ronaldu to'xtash haqida o'ylayotgani yo'q. Hozir Krishtianu vaziyat topdim deguncha, darvozaga zarba yo'lladi, lekin to'p biroz noaniq ketdi. 

40-daqiqa. CHap qanotga ko'chirilgan hujumni Ronaldu qo'llab-quvvatladi va tezlikda oldinga o'tayotganida Darmian uning oyoqlari ostidan to'pni tepib yubordi. 

39-daqiqa. "Yuventus" futbolchilari markazdagi kurashda ustun keldi, Rabo to'p bilan bir nechta futbolchi ichidan chiqib keta oldi va jamoasi hujumini boshlab berdi. 

38-daqiqa. Ogohlantirish! Arturo Vidal yana o'sha Ronalduga nisbatan qo'pol o'ynagani sabab ogohlantirildi. 

35-daqiqa. GOOOOOOOOL! Ronaldudan dubl. Bastoni va Xandanovich bir-birlarini tushunmay qolishdi, bu vaziyatda ko'proq himoyachi aybdor desak, mubolag'a bo'lmas. Nima bo'lganda ham Krishtianu oxirgacha bordi va niyatiga erishdi. 

34-daqiqa. Darmian bugun ancha faol. Ayniqsa u hujumni faol tarzda qo'llab-quvvatlashga urinmoqda. 

32-daqiqa. Ogohlantirish! Aleks Sandro Darmianga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka bilan "siylandi".

31-daqiqa. "Yuventus" futbolchilari qisqa masofaga to'p uzatishlar orqali himoyadan chiqib ketishmoqchi edi, lekin Rabo uzatmada xatoga yo'l qo'ydi. 

29-daqiqa. Aleksis Sanches o'yindan tashqari holatda deb topildi, lekin takroriy lavhada hakamlar adashgani ko'rinib qoldi. 

26-daqiqa. GOOOOOOL! To'p oldida Ronaldu. Portugaliyalikning zarbasi kuchli va aniq bo'ldi - 1:1.

25-daqiqa. PENALTI! Uzoq o'ylagan hakam o'n bir metrlik nuqtaga ishora qilmoqda. 

23-daqiqa. Kuadrado chap qanotdan amalga oshirilgan uzatmadan keyin jarima maydoni ichida yiqilib tushdi va penalti talab qilmoqda. Hakam "VAR" yordamini kutmoqda.

20-daqiqa. Hisobda oldinga chiqib olgan "Inter" buyog'iga to'psiz o'ynashga va raqib xatosini kutishga rozi. "Yuve" esa hozircha chinakam xavfli vaziyat yarata olmayapti. 

17-daqiqa. Hakam jarima zarbasini berishga shoshilmaslikni so'radi va jarima maydonidagi futbolchilarni tartibga chaqirib qo'ydi.   

16-daqiqa. "Yuventus" futbolchilari pressing evaziga to'pni olib qo'yishdi, lekin "Inter"ning bir yo'la uch futbolchisi Kulushevskini "qo'yib yubormadi". 

14-daqiqa. Ogohlantirish! Merix Demiral qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirildi. 

13-daqiqa. Tezkor gol o'tkazib yuborgan "Yuve" futbolchilari asabiylashmoqda. Ular pressing chog'ida bir-birlariga ovozlarini balandlatib, gapirishmoqda.  

11-daqiqa. Maydon markazida Makkenniga nisbatan qoida buzildi deb hisobladi hakam. 

Ana shunaqa, to'p bilan ko'proq muomalada bo'lganiga qaramay, "Yuventus" birinchi bo'lib gol o'tkazib yubormoqda. 

9-daqiqa. GOOOOOOOOL! Lautaro Martines hisobni ochdi! Markaziy himoyachilar va Buffoning sustkashligidan argentinalik hujumchi unumli foydalandi hamda o'ng qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'naltira oldi. 

7-daqiqa. "Yuventus" to'p bilan muomalada, raqib futbolchilari esa faol tarzda Pirlo shogirdlarini taqib qilmoqda. 

4-daqiqa. Ronaldu oldinroqqa o'tib, zarba berishga chog'lanayotgandi, lekin himoyachilar undan to'pni olib qo'yishdi. SHu zahoti to'p uchun kurashga kirishgan mehmonlar yangi hujumni boshlashdi, lekin u Kulushevskining o'yindan tashqari holatda qolib ketgani sabab uzilib qoldi. 

Endi o'z navbatida "Inter" futbolchilari, jumladan Xandanovich ishtirokida, to'pni himoyaga yaqin zonada ushlab turib, raqibni oldinroqqa chiqishga chaqirmoqda. 

3-daqiqa. "Yuventus" ilk daqiqalarda to'pga ko'proq egalik qilish niyatida ekanligini yashirmayapti. Ammo oldinroqqa to'p oshirishdagi xato tufayli endi "Inter" hujum uyushtirishga urinib ko'radi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni turinliklar boshlab berishdi.  

Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. Sardorlar va hakam o'yin oldi rasmiyatchiliklarni hal etib olishmoqda. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Inter" – "Yuventus"

"Juzeppe Meacca (San-Siro)"

"Inter" - Xandanovich, SHkrinyar, De Vrey, Bastoni, Darmian, Barella, Brozovich, Vidal, Yang, Martines, Sanches.

"Yuventus" - Buffon, Sandro, Demiral, De Ligt, Kuadrado, Makkenni, Rabo, Bentankur, Bernardeski, Ronaldu, Kulusevski.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика