So’nggi yangiliklar

20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  4 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  13 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  9 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  1 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  1 17:53"Атлетико" Қозоғистондаги академия қароргоҳи лойиҳасини тақдим этди  2 17:35"Қизилқум"ни энди ким бошқаради?  5 17:31Қайғули хабар: "Брешиа" клуби банкрот деб эълон қилинди  5 17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  15 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  11 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  10 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  6

Bosh hakamning almashishi, Zlatandan qizil, Eriksendan supergol... Derbida g'olib bo'lgan "Inter" Italiya Kubogi yarim finaliga chiqdi Yangiliklar

Bosh hakamning almashishi, Zlatandan qizil, Eriksendan supergol... Derbida g'olib bo'lgan "Inter" Italiya Kubogi yarim finaliga chiqdi

Teglar :  Inter Milan
Italiya Kubogining chorak finali doirasidagi "Inter" - "Milan" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Inter – Milan 2:1

Gol: Ibragimovich (31, 0:1), Lukaku (71-pen, 1:1), Eriksen (90+7, 2:1).

Inter – Xandanovich, SHkrinyar, de Vrey, Kolarov (Yang, 90+2), Darmian (Hakimi, 46), Vidal, Barella, Perishich (Martines, 67), Brozovich, Sanches, Lukaku.

Milan – Teterushanu, Diogu Dalot, Ker (Tomori, 20), Teo, Romanoli, Kessie, Salemakers (Kastilexo, 85), Meyte, Braim Dias, Ibragimovich, Rafael Leau (Krunich, 85).

CHetlatish: Ibragimovich (58).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Inter" yarim finalda!

90+7. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!! Kristian Eriksendan super gol!!! Daxshat!!!

90+6. UXXXXX!! Meyte o'z jarima maydonchasi yonida Lautaroni yiqitdi. Gol urish uchun ideal nuqta.

90+2. Lukakuning bu safargi zarbasi esa noaniq ketdi.

Ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berildi.

90. TETERUSHANUUUUUUUUUUU!!! Yana bir 100 foizlik imkoniyatni Lukaku yo'qqa chiqardi...

89. SAL QOLDI!! Meytedan sovg'a qabul qilib olgan Lautaro qulay nuqtaga chiqib borib, kuchli zarba berdi. Teterushanudan yana bir supepr seyv!

88. UXXXXXX!! Vidalning zarbasi biroz noaniq ketdi...

86. Lukakuning boshi bilan yo'llagan zarbasini Teterushanu ushlab oldi.

83. ZARBAAAAAA!! Hakimining kuchli zarbasini Teterushanu ushlab oldi.

80. 6 daqiqa bosh hakamning o'zgarishi uchun ketdi. O'yin esa davom etadi.

77. Bosh hakam o'zgardi. Uchrashuvdagi to'rtinchi hakam Daniele Kiffi endi o'yinni boshqaradi.

74. Kamdan kam kuzatiladigan holat. Bosh hakam Paolo Valeriga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Uning son mushaklari tortishib qolgan ko'rinadi.

71. GOOOOOOOOOOOLLLLL!! Lukaku penaltidan unumli foydalandi!!

70. UXXXXX!! Leau o'z jarima maydonchasi ichida Barellani yiqitdi. Penalti belgilandi.

67. ZARBAAAAAA!! Perishich 100 foizlik vaziyatdan foydalana olmadi. Tezda uning o'rniga Lautaro maydonga tushdi.

65. Kolarov taxminan 28 metrlardan jarima zarbasidan "Milan" postini nishonga oldi. To'p jonli devordan o'tmadi.

62. "Inter"ning bosimi yanada oshib ketdi.

58. Zlatan Ibragimovichga qizil kartochka ko'rsatildi.

55. TOMORIIIIII!!! UXXXXXX!! Fikayo yana bir golli vaziyatni bartaraf  qildi. Lukaku gol urishi mumkin edi.

52. UXXXXX! Kolarovning burchakdan oshirgan to'pini "Inter" futbolchilari darvozaga yo'llay olishmadi.

49. ZARBAAAAAAA!! Lukakuning zarbasidan keyin Teterushanudan yana bir ajoyib seyv!

48. "Inter"da standart. Gol ursa bo'ladigan nuqta.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus! Daxshat! Lukaku Zlatanga "sakramoqda". Ibra esa maydondan chiqib ketdi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Maydonda kichik tortishuv. Lukaku va Romanoli gap talashib ketishdi.

41. Kesse hujumdagi Zlatan tomon to'pni havolatib uzatdi. Lekin bu to'p oshirishni qabul qilish uchun ikkita Zlatan ham kamlik qiladi.

38. ZARBAAAAAAAA!! Sanchesning boshi bilan yo'llagan zarbasini avvaliga Teo, keyinchalik Tomori qaytardi.

35. "Inter" bosimni boshlagan. Biroq vaziyat yarata olmayapti.

31. GOOOOOLLLLLLLL!! Zlatanning zarbasi darvoza ustuniga tegib, golga aylandi!

27. ZARBAAAAAAAA!! Teterushanu bu safar Perishichning zarbasini ushlab oldi.

24. ZARBAAAAAAAA!!! TETERUSHANUUUU!!! Lukakuning kuchli zarbasini "Milan" posboni oyoqlari yordamida qaytardi!!! DAXSHAT!!

23. Xavfli vaziyat!  Darmian qanotidan to'pni Lukaku tomon uzatdi. Tomori salkam golli vaziyatni bartaraf etdi.

20. "Milan"da majburiy o'zgarish. Jarohat olgan Simon Ker o'rniga Fikayo Tomori maydonga tushdi. U "Milan"da debyut qilmoqda.

18. UXXXXX!! Juda yoqimsiz rikoshet bo'lishi mumkin edi "Milan" uchun. Jarimadan oshirilgan to'pni Dias qaytardi va to'pni tepganida to'p Kolarovga tegib, darvozaga kirib ketishi mumkin edi. Teterushanu o'rnida.

16. Darmianning qanotdan oshirgan to'pini Teterushanu ushlab olib, tezkor hujum boshlagandi. Diasning Zlatan tomon uzatgan to'pi SHkrinyarga nasib qildi.

13. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Sal qoldi gol bo'lishiga. Teo oshirgan to'pga Zlatan boshi bilan zarba berdi. Braim Dias bo'sh qolgan darvozaga to'pni kirita olmadi.

11. Lukaku "Milan" jarima maydonchasiga yorib kirdi va Sanches tomon to'pni uzatdi. Pasga aniqlik etishmadi.

9. "Milan"da imkoniyat. Ammo ketma-ket zarbalarni himoyachilar o'zlariga qabul qilishdi.

7. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Darmian o'ng qanotda Kesseni aldab o'ta olmadi.

4. UXXXXXXX!! Sanchesning qanotdan oshirgan to'pi Lukakuga etib kelmadi. Ker xavfni bartaraf etdi.

2. ZARBAAAAA!! Leauning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Uchrashuvni boshlash uchun barcha narsa shay holatda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun ajoyib o'yin bo'ladi. Bir shaharning ikki klubi nafaqat navbatdagi bosqichga chiqish, balki, Milan shahrining haqiqiy egasi kimligini aniqlash uchun kuch sinashishadi. O'yinni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика