So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  55 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  1 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  9 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  8 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  20 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  4 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  8 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  4 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  42 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

Italiya chempionatining yangi mavsumi kaynoq voqealarga boy bo'ladi. Nega deysizmi?! Yangiliklar

Italiya chempionatining yangi mavsumi kaynoq voqealarga boy bo'ladi. Nega deysizmi?!

Italiya A Seriyasining kelasi mavsumida yuz berishi kutilayotgan voqealar haqida.

A Seriya obro'si va sifatiga murabbiylar qanchalik tasir ko'rsata oladi?

Italiya chempionati bir necha yil avval Evropaning eng kuchli chempionatlaridan biri sanalgan. Yodingizda bo'lsa, 2003 yil CHempionlar Ligasi finaliga “Milan” hamda “Yuventus” chiqqan edi. Ochig'i, bu hech kimni ajablantirmagan. Aksincha, aynan shu narsa Kalcho eng yuqori darajada ekaniga isbot bo'lgan.

Lekin o'sha vaqtdan beri ko'p narsa o'zgardi. Italiya futboli katta korrupciya janjalini boshidan o'tkazdi, buning oqibatida A Seriyaga bo'lgan etibor, investor va hamkorlarning kiritayotgan mablag'iga ham tasir o'tkazmay qolmadi. Apennin yarim orollarida inqiroz boshlandi, A Seriya klublarining mavqei sezilarli darajada pasaydi. Ular orasida “Yuventus” qiyinchiliklardan biroz osonlik bilan chiqib ketdi. Natijada, “Keksa sinora” 8 yil mobaynida Italiya tituliga egalik qildi. Katta ehtimol bilan, ushbu “anana” kelasi mavsum ham o'zgarmasa kerak. SHunday bo'lsa-da, yangi mavsum “qaynoq" voqealarga boy bo'lishi kutilmoqda. Bunga bir qator sabablar bor.

Liganing murabbiylar tarkibi

Italiyaning murabbiylik maktabi har doim dunyoning birinchi raqamli o'quv maskanlaridan biri bo'lib kelgan. SHu sababli, taktik tayyorgarlik bo'yicha A Seriya eng murakkab hamda eng qiziqarli chempionatlardan biri sanaladi. Evropada italiyalik mutaxassislarga bo'lgan talab yuqori ekani ajablanarli emas. Kelasi mavsumda ishlaydigan murabbiylarning ismining o'zi ham katta qiziqish uyg'otmoqda. Ehtimol, ular eng yaxshisidir... Aynan bosh murabbiy muvaffaqiyat va raqobat etarli darajada bo'lishini taminlay oladi. Bu borada kuchli to'rtlikka - mamlakat sharafini CHempionlar Ligasida himoya qiladigan klublarga etibor qaratishimizning o'zi kifoya.

“Yuventus”

O'tgan mavsum yakunlangach Italiya grandi Massimiliano Allegri bilan xayrlashdi. Jamoa boshqaruvini esa Mauricio Sarri o'z qo'liga oldi. Bu “byankoneri” o'yinida katta o'zgarishlar bo'lishini anglatadi. Ehtimol, kelasi mavsumdagi “o'tish davri” Skudettoni qo'lga kiritishda halal bermas. Lekin Sarri g'oyalarini hayotga tadbiq etib, “Yuventus”ni qayta qura oladimi? Bu hamon dolzarb savollardan biri bo'lib qolmoqda.

Sarri fikrlarini isbotlashi lozim bo'lsa-da, Italiyada uni juda qadrlashadi. “Yuventus” — u uchun nafaqat yaxshi imkoniyat, balki kattagina tavakkal hamdir. U “top” darajadagi murabbiylar qatoriga kiradimi yoki yo'q, hozir bir narsa deyish qiyin. “Yuventus”da erishgan yutuqlaridan so'ng, u haqida aniq bir fikr aytish mumkkin. Bugungi kunda Sarrining falsafasi umumiy Evropa trendini ifodalaydi: zamonaviy futbol yorqinroq va kutilmagan qarorlarga boy o'yinga intilmoqda. Katenachcho endi hech kimga qiziq bo'lmay qoldi. SHu o'rinda, Mauricioning Italiyaga qaytishi nafaqat Turin klubiga, balki butun A Seriyaga ijobiy tasir ko'rsatishi mumkin.

Ha, aytgancha, so'nggi yillarda Italiyada inqilob qilishga yaqin qolgan jamoa — “Napoli”ning o'sha vaqtdagi murabbiyi Mauricio Sarri edi. Biroq finishda “Yuventus”dan o'zib ketolmagan — 2017/18 yilgi mavsumda neapolliklar chempion bo'lishi uchun atigi 4 ochko etmagan edi.

“Napoli”

O'tgan mavsum klub Skudetto uchun kurashmadi. 2018 yilning may oyi oxirlarida jamoa ruliga Anchelotti o'tirdi. Fikrimizcha, birinchi yildanoq undan chempion bo'lish talab etilmaydi. Karlo otaning taklif qilinishi bejiz emasdi. SHu yo'l bilan Anchelotti va undan avvalgi, o'sha vaqtda birorta tituli yo'q murabbiyni (gap kim haqida ketayotganini tushunib ulgurdingiz) qarama-qarshi qo'yish edi. Tajribali mutaxassis klubni o'ziga mos tarzda qayta qurib, jamoa o'yinini yanada tomoshabinbop va pragmatik qilishi kutilgandi. Anchelotti ham hujumkor kombinacion futbol tarafdori, "Napoli" uning qo'l ostida chindan taktik jihatdan kuchaydi. Endi jamoa o'yin davomida raqib va vaziyatga qarab o'z o'yinini o'zgartira olmoqda. Anchelotti bu borada Sarridan kuchliroq ekanligini hech kim inkor etmasa kerak. 

Joriy transfer oynasida klubda tarkibni kuchaytirish ishlari olib borilmoqda. OAVda Xames Rodriges bilan kelishuv borasida ham gaplar urchiy boshladi. Nima bo'lganda ham, Anchelotti bir yil ichida o'ziga kelib olishga vaqt topgan. SHuning uchun, kelasi mavsumda “Napoli” yanada kuchli bo'lishi aniq. Ular balki Skudettoga ega chiqolmas, lekin — yig'ilgan ochko, o'yin sifati hamda CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli chiqishlari muxlislarga katta quvonch bag'ishlaydi.

Buning ustiga, Anchelottining A Seriyaga qaytishi uning xalqaro imijiga ijobiy tasir ko'rsatadi. Karlo – yuqori darajadagi hamda hurmatga sazovor mutaxassislardan biri. Ehtimol, “Bavariya”dagi faoliyatini omadli deb bo'lmas, ammo u top murabbiylardan biri ekanini yana isbotlashiga ishonchimiz komil.

“Inter”

Agar ro'yxatimizni Italiya klublari so'nggi mavsumda egallagan o'rniga qarab tuzganimizda, u holda “Inter” hozir to'rtinchi pog'onada bo'lar edi. Yangi mavsum “neradzurri” uchun kutilmagan voqealarga boy bo'lishi aniq. Umuman olganda, ko'p narsa jamoa yangi bosh murabbiyi — Antonio Kontega bog'liq. Avvalroq aynan undan so'ng “Yuventus”ning Italiyadagi hukmronligi boshlangan edi. Endi esa “Inter” butunlay “byankoneri”ning asosiy raqibi bo'lishi mumkin. Jamoa tarkibi yomon emas, qolaversa yaqindagina ular safiga Diego Godin ham kelib qo'shildi. Bundan tashqari, so'nggi bir necha yil ichida klub moliyaviy ahvolini ham yaxshilab oldi. SHu sababli, ular bir nechta muhim o'yinchilarni sotib olish imkoniyatiga egadirlar.

“Inter” va “Yuventus” o'rtasidagi qarshilikni ko'rish shiddatli bo'ladi, ayniqsa jamoa murabbiylari Konte hamda Sarri bo'lgan bir paytda... Ularning jamoalari etarlicha yopiq va pragmatik futbol namoyish etadi. Antonioning ustun tomoni shundaki, u futbolchilar qobiliyatidan maksimal darajada foydalanishga harakat qiladi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham, uning tashrifi chempionatga intriga va o'zgacha jilo bag'ishlaydi.

"Atalanta"

Nazarimizda, A Seriyaning o'tgan turniri bergamoliklar, ayniqsa, Jan Pero Gasperini uchun juda muvaffaqiyatli bo'ldi. Mamlakat chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdilar. Qolaversa, "Atalanta" tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdilar. SHu bilan birga, 2016/17 yilgi mavsumdagi to'rtinchi o'rin shunchaki tasodif emasligini isbotlab berdilar. Gasperini o'ziga mos jamoani topgan ko'rinadi. SHu sababli, murabbiy klubni qiziqarli, samarali hamda hujumkor o'yin namoyish etadigan jamoalar qatoriga olib chiqishga erishmoqda. Italiyalik mutaxassis tufayli Bergamo klubi nafaqat o'rtamiyona jamoalarga, balki grandlarga ham munosib raqib bo'la olmoqda. Masalan, "Atalanta" 2 marotaba "Yuventus"ga yutkazmadi, 1 marta "Napoli" ustidan g'alaba qozondi, "Inter"ni esa yirik hisobda mag'lub etdi hamda munosib tarzda uchinchi o'rinni egallab, turnirni yakunladi.

Ammo kelasi mavsum qolgan jamoalarga qaraganda, "Atalanta" ko'proq qiynalishi mumkin. CHempionlar Ligasi – ko'p energiya talab qiladigan turnir. Agar Italiyadagi tobora o'sib borayotgan raqobatni hisobga olsak, o'tgan yilgi natijani takrorlash bergamoliklar uchun biroz qiyin kechishi mumkin. Boshqa tarafdan, Evropa klublari orasidagi eng asosiy turnirga chiqish uchun klubni har tomonlama rivojlantirib, unga loyiq bo'lish kerak.

Umuman olganda, Gasperinining "Atalanta"si – A Seriyaning yorqin va kuchli jamoalaridan biridir. Bergamo klubi o'tgan mavsum uncha kuchli bo'lmagan tarkibi bilan ham gollar borasida eng yaxshi natijalardan birini namoyish etdi (77ta gol). O'tkazib yuborilgan gollar soni bo'yicha esa beshinchi o'rinda turibdilar — 46ta. Evropa turniridagi o'yinlar 61 yoshli mutaxassis kelgusidagi faoliyatini omadli davom ettirishi uchun haqiqiy tramplin vazifasini o'taydi.

Agar ro'yxatni yana davom ettirib, italiyalik mutaxassislar haqida gapiradigan bo'lsak, ularning sanog'iga etib bo'lmaydi. SHuningdek, A Seriyada faoliyat yuritayotgan va ular safiga endigina kelib qo'shilgan o'z ishining mutaxassisi bo'lgan murabbiylar talaygina. "Lacio" bilan katta yutuqlarga erishgan Simone Indzagi, Eusebio Di Franchesko ("Sampdoriya"), "Torino"ni kuchli jamoalardan biriga aylantirgan Valter Madzarri, "Milan"da o'zini sinab ko'rish uchun yaqindagina jamoa ruliga o'tirgan Marko Jampaolo, "Roma"ning yangi bosh murabbiyi Paulo Fonseka shular jumlasidandir.

Italiya chempionati haqiqatdan ham asta-sekin o'ziga kelmoqda. Kelasi mavsum kutilmagan voqealarga boy va eng qiziqarli chempionatlardan biri bo'lishiga umid qilamiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика