Italiya chempionati doirasidagi bugungi to'rt o'yin ko'chirildi Yangiliklar

Italiya chempionati doirasidagi bugungi to'rt o'yin ko'chirildi

Teglar :  A Seriya
Klublardagi ko'plab koronavirus bilan bog'liq holatlar sabab Italiya chempionati 20-tur doirasida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan to'rt o'yin ko'chirildi.

Gap "Bolonya" - "Inter", "Atalanta" - "Torino", "Fiorentina" - "Udineze" va "Salernitana" - "Veneciya" o'yinlari haqida ketmoqda.

Ushbu bahslar bugun bo'lib o'tishi kerak edi.

A Seriya klubi rahbariyati kelajakda sog'liqni saqlash organlarining o'yinlarni ko'chirish borasidagi talablarini rad etmoqchi. O'yinga chiqmagan jamoalarga texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin.

Ligada talablarni etiborsiz qoldirib ushbu reglamentga rioya qilinadi: agar jamoa 12 maydon futbolchisi va darvozabonini tushirsa, unda o'ynashi kerak.

Qayd etish kerakki, bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan qolgan bahslar o'tkaziladi: "Sampdoriya" - "Kalyari", "Lacio" - "Empoli", "Speciya" - "Verona", "Sassuolo" - "Jenoa", "Milan" - "Roma" va "Yuventus" - "Napoli.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика