Isroilda futbol tarixidagi eng uzun penaltilar seriyasi qayd etildi
22 may 2024 21:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/791480_original.jpg)
![](/upload/storage/791480_220.jpg)
Isroilda futbol tarixidagi eng uzun penaltilar seriyasi qayd etildi
Jamoalar penaltilar seriyasida 56 ta zarbani amalga oshirishdi.
Isroilda penaltilar seriyasi davomiyligi bo'yicha jahon rekordi qayd etildi. Mamlakat uchinchi divizioni pley-off bosqichi, yarim final uchrashuvida "Dimon" va "SHimshon" (asosiy vaqtda 2:2) klublari penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi.
Ikkala jamoa ushbu seriyada jami 56 marta (har bir jamoa 28 martadan) penalti tepishdi. Yakunda "Dimon" klubi 23:22 hisobida g'alaba qozondi.
Avvalgi rekord 2022 yilda Angliyada o'rnatilgandi. O'shanda "Vashington" va "Bedlington" jamoalari penaltilar seriyasida jami 54 ta zarbani amalga oshiriishgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar