Isroilda futbol tarixidagi eng uzun penaltilar seriyasi qayd etildi

Administrator
22 may 2024, 21:39
Jamoalar penaltilar seriyasida 56 ta zarbani amalga oshirishdi.

Isroilda penaltilar seriyasi davomiyligi bo'yicha jahon rekordi qayd etildi. Mamlakat uchinchi divizioni pley-off bosqichi, yarim final uchrashuvida "Dimon" va "Shimshon" (asosiy vaqtda 2:2) klublari penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. 

Ikkala jamoa ushbu seriyada jami 56 marta (har bir jamoa 28 martadan) penalti tepishdi. Yakunda "Dimon" klubi 23:22 hisobida g'alaba qozondi. 

Avvalgi rekord 2022 yilda Angliyada o'rnatilgandi. O'shanda "Vashington" va "Bedlington" jamoalari penaltilar seriyasida jami 54 ta zarbani amalga oshiriishgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN