Isroil Tursunov: "Maqsadim - oliy ligaga qaytish"
17 apr 2014 18:17
Yangiliklar
Isroil Tursunov: "Maqsadim - oliy ligaga qaytish"
Bu yilgi birinchi liga baxslarining 4-turi ham ortda qoldi, ikkala mintaqada ham g'oliblik uchun keskin kurash kechishini taxmin qilish qiyin emas.
O'z navbatida bunday kurash to'purarlar o'rtasida ham kechishi tabiiy. Hozircha dastlabki to'rt o'yindan so'ng to'purarlar ro'yxatini 6 ta gol bilan Pskentning "Istiqlol" jamoasi hujumchisi Isroil Tursunov boshqarib bormoqda. Mavsumni o'ta sermahsul boshlagan hujumchini suhbatga chorladik.
- Mavsum siz uchun omadli boshlanishini kutganmidingiz?
- Ochig'ini aytganda, mavsum oldi yig'inlarida imkoniyatim boricha ko'proq ter to'kishga va foydali ish koefficientini oshirishga harakat qildim. Ana shu yig'inlar paytida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarida ham deyarli har bir o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldim. Ko'z tegmasin rasmiy bellashuvlarni ham ko'tarinki kayfiyatda boshlab oldim. Bu yilgi asosiy maqsadim - birinchi ligada to'purar bo'lish va shu orqali jamoa g'alabalariga o'z hissamni qo'shish.
- Sport formangizning yaxshilanishiga aynan qaysi omil sabab bo'lmoqda deb hisoblaysiz?
- Hozir har bir mashg'ulotdan so'ng qolib, o'z ustimda ishlayapman. Avvalgi holatimni tiklab olish uchun ham yana va yana mashq qilishda davom etaman.
- Ortiqcha vazn muammosi qiynamayaptimi?
- O'tgan mavsumda haqiqatdan ham ortiqcha vaznim bor edi, lekin qishki yig'inlar davomidagi tinimsiz mashqlar natijasida 5-6 kg vazn yo'qotdim. Bu esa maydonda avvalgidan ko'ra engilroq harakat qilishimga yordam bermoqda.
- Keyingi faoliyatingizni qanday tasavvur qilayapsiz?
- SHu tarzda gollar urib avvalgi formamni tiklab olsam, yana oliy ligaga qaytishni maqsad qilganman. Buning uchun qo'ldan kelgancha harakat qilaman.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar