Ispaniya terma jamoasi muxlislari del Boskening istefosini talab qilishmoqda
20 iyu 2014 12:24
Yangiliklar
Ispaniya terma jamoasi muxlislari del Boskening istefosini talab qilishmoqda
Ispaniyaning “Marca” gazetasi o'z o'quvchilari orasida Ispaniya terma jamoasida qanday o'zgarishlar amalga oshirish to'g'risida so'rov o'tkazdi.
Gap bosh murabbiy Visente del Boske haqida edi.
So'rovning natijalariga ko'ra 68,58 foiz muxlis amaldagi jahon va Evropa chempionlari ustozining istefosini talab qilishmoqda. Futbolchilar orasidan esa Xavi (94,2 foiz), hujumchi David Vilya (91,1 foiz) va Fernando Torres (89,9 foiz) ketishini xohlashgan.
So'rovda 150 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.
Eslatib o'tamiz, ispanlar mundial guruh bosqichida ikki mag'lubiyatga uchrab pley-off yo'llanmasini qo'lga kirita olishmadi.

Fikrlar