Ispaniya Prokuraturasi "Barselona"ni sudga beradi
07 mar 2023 21:51
Yangiliklar
Ispaniya Prokuraturasi "Barselona"ni sudga beradi
Korrupciya aybi bo'yicha "Barselona" ishi sudga oshirilishi kutilmoqda.
"El Pais" xabariga ko'ra, Ispaniya Prokuraturasi "Negreyra ishi" bo'yicha klub ustidan sudga arz qiladi. Kataloniya klubi 2016-2018 yillar davomida Ispaniya hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti Xose Mariya Negreyraga 1,4 mln evro miqdorida pul o'tkazib bergan. Keyinchalik aniqlanishicha, 2001 yildan buyon klubdagilar Negreyraga 6,66 mln evro to'lagani malum bo'ldi.
Prokuratura "Barselona"ni nafaqat biznesdagi korrupciya, balki, sportdagi qalloblik bilan ham ayblamoqda. Tergovlar natijasida klubning bir qancha korrupcion holatlari aniqlangan. O'sha davr mobaynida klub Negreyraga hatto naqd pullar ham bergan.
Bu uzoq vaqt davom etgani uchun "Barselona"ni og'ir jazo kutayotgan bo'lishi ham mumkin. Tergovlar may oyigacha davom etadi.
Fikrlar