Ispaniya kubogi. Yarim finalning birinchi o'yinida "Barselona" mag'lubiyatga uchradi
11 fev 2021 02:50
Yangiliklar


Ispaniya kubogi. Yarim finalning birinchi o'yinida "Barselona" mag'lubiyatga uchradi
Ushbu jamoalar o'rtasidagi Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvi 4 mart kuni bo'lib o'tadi.
Sevilla Jules Kounde - 25', Ivan Rakitic - 85' |
Copa del Rey . Semi Finals-tur 11/02/2021, 01:00 0
:
2
Tugadi
|
Barcelona |
Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu
"Sevilya" – "Barselona" 2:0
"Ramon Sanches Pisxuan"
Gollar: 1:0 – 25 Kunde, 2:0 – 85 Rakitich.
"Sevilya" – Bunu, Kunde, Eskudero (Munir, 69), Diego Karlos, Aleish Vidal, Jordan (Gudel, 80), Fernando, Suso (Oliver Torres, 82), Rakitich, Gomes (Rekik, 69), En-Nesiri (de Yong, 69).
"Barselona" – ter Stegen, Umtiti (Trinkau, 90), Mingesa, Firpo, Alba, de Yong, Buskets, Pedri (Puch, 85), Dembele, Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Alba (45), Jordan (64), Eskudero (66), Aleish Vidal (84).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+1. ZARBAAAAA! Leoning ayyorona zarbasidan so'ng to'p pastlab uzoq burchakka yo'l oldi, biroq Bunu o'zini yo'qotib qo'ymadi va to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
89. Rakitich o'z jarima maydonchasi chizig'i ustida Messini yiqitdi. Leoda hisobni qisqartirish uchun qulay vaziyat paydo bo'ldi.
85. GOOOOOOL! Ivan Rakitich qarshi hujumda sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qildi! VAR hammasini tekshirdi va gol hisobga olindi.
85. "Barselona" safida o'zgarish: Pedri o'rniga Riki Puch maydonga tushdi.
74. "Barsa" chap burchak bayroqchasi oldida jarima zarbasi ishlab oldi. Messining uzatmasi qaytarildi, qaytgan to'pni Dembele darvlzaga joylab qo'yishga urindi, bu safar himoyachilar "jonli devor" vazifasini bajarishdi.
62. "Sevilya" himoyachisi Kunde raqib jarima maydonchasi ichida qoida buzgani uchun hakam tomonidan og'zak ogohlantirdi.
60. "Atalanta"dan "Sevilya"ga o'tgan Papu Gomes jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi. Burchakdan uzatilgan to'pli hujum omadsizlik bilan yakun topdi.
55. ZARBAAAAA! Messi raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan to'pni De Yongga uzatdi, gollandiyalik esa to'pni Leoga qaytardi. Argentinalikning zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.
53. En Nesiri "Sevilya"ning ikkinchi goliga mualliflik qilishi mumkin edi, ammo unga omad etishmadi.
51. De Yong raqib jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi, ammo tezda zarbaga harakat qilgunicha Kunde to'pni maydondan chiqarib yubordi.
48. Ivan Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo to'p yo'liga Kataloniya klubi himoyachisi to'g'anoq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
TANAFFUS
45+1. ZARBAAAA! Eskuderoning kuchli zarbasini Ter SHtegen bir amallab qaytarib qoldi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
42. En Nesiri Samuel Yumtitiga qarshi duelda g'olibdek ko'rindi, ammo u muvozanatni yo'qotdi va to'pdan ayrildi.
40. O'yin to'xtatildi. Bosh hakam Mateo Laosning uskunalarida muammo paydo bo'libdi, zaxira hakami kamchilikni bartaraf etishga yordam bermoqda.
29. Mingesa Rakitichdan to'pni olib qo'yishga urinib Rakitichning oyog'iga zarba berdi. Fol qayd etildi, ammo kartochka berilmadi.
25. GOOOOOL! Kundedan solo gol! Kunde "Barselona"ning uch futbolchisini aldab, jarima maydonchasiga kirib bordi va Ter SHtegenni ham dog'da qoldirdi.
24. Alba chap qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi, Firpo ham to'pga balanda sakrab, zarba berishga urindi, ammo "Sevilya" posboni Bunu to'pni ilib ketdi.
22. Messi Dembele juftligining o'zaro paslari Leoning noaniq zarbasi bilan yakun topdi.
19. ZARBAAAA! Jordan ajoyib uzatma orqali hujum qanotini o'zgartirdi, Suso esa bir futbolchini aldab, Kundega pas berdi. Kundening zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
16. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "Barselona" tomonda: 47%-53%.
12. Messida gol urish uchun ajoyib vaziyat paydo bo'ldi, ammo Leo qulay imkoniyatni golga aylantira olmadi. Bunu to'pni oyog'i bilan qaytarishga erishdi.
1. Uchrashuv boshlandi!
1/2 final
Birinchi o'yin
Sevilya – Barselona
11 fevral, 01.00, "Ramon Sanches Pisxuan"
Sevilya – Bunu, Kunde, Eskudero, Diego Karlos, Aleish Vidal, Jordan, Fernando, Suso, Rakitich, Gomes, En-Nesiri.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Mingesa, Firpo, Alba, de Yong, Buskets, Pedri, Dembele, Grizmann, Messi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar